Jinsiy buzuqliklar


Saqlash
15:06 / 12.06.2023 0 1031

Jinsiy buzuqliklar – insonning jinsiy hissiyotlari va xatti-harakatlari bilan bog‘liq ma’naviy buzilishning namoyon bo‘lish shakllari. Odatda, har qanday jinsiy xulq me’yorining buzilishi jinsiy buzuqliklar sifatida tushuniladi. Afsuski, dunyoning ba’zi mamlakatlarida jinsiy buzuqliklarning ayrim shakllari hayot tarzining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda, hayotda ularning sodir bo‘lishiga odatiy hol sifatida qarash taomilga kirmoqda. Ba’zi hollarda bu masalaning faqat sog‘liq va tibbiyot bilan bog‘liq jihatiga e’tibor qaratiladi. Zamonaviy tibbiyot nuqtai nazaridan, tibbiy aralashuvga muhtoj va davolanishi zarur. Jinsiy buzuqliklar deyilganida, insonning jamiyat a’zosi ekaniga, uning mehnat faoliyatiga, odatiy ijtimoiy faolligi hamda atrofdagilarga bo‘lgan munosabatiga halaqit beradigan holat tushuniladi. Odatda, ikki xil jinsiy og‘ishlar farqlanadi: tibbiy jinsiy aralashuvni zarur deb topuvchi parafiliyalar va salomatlik chegarasidan chiqmaydigan holatlar ko‘rinishlari.

 

Jinsiy og‘ishlarni kasallik sifatida talqin etishda quyidagi tamoyillar asos qilib olinadi va ularni davolash lozim deb topiladi:

a) kamida olti oy davomida jinsiy buzuqliklar bilan bog‘liq kechinmalarning shaxs ruhiyatida takrorlanib turishi;

b) jinsiy xulq yoki jinsiy fantaziyalar byemorga azob keltirsa, uning ijtimoiy nufuziga putur yetkazsa (ishdan bo‘shatish, ijtimoiy nobop xulqi uchun jazo olish va shu kabilar);

v) buzuqlikning birlamchi sababi alkogol yoki giyohli moddaning iste’mol qilinishi bo‘lsa;

g) o‘z xulqini nazorat qila olmaslik natijasida jinsiy buzuqliklarga oid harakatlar sodir etilsa.

 

Agar sanab o‘tilgan belgilar uchramasa, u holda "parafiliya" tashhisi qo‘yilmaydi. Ijtimoiy me’yordan og‘uvchi jinsiy xulq shakli subyektning ijtimoiy nufuziga ta’sir etmasa, tibbiy aralashuv shart emas, deb topiladi. Bu masalaning chuqur ijtimoiy, ma’naviy jihati va oqibatlari ham bor. Chunki jinsiy buzuqliklar faqat jinsiy mayl natijasi, beozor tabiiy hodisa emas, balki inson ma’naviyatiga, axloqiylik talablariga to‘g‘ri kelmaydigan ijtimoiy buzilishdir. Qolaversa, bu hodisa faqat olisdagi mamlakatlarga xos, degan tasavvurlar bilan xotirjamlikka berilish yaramaydi. Ularning ta’siriga qarshi kurashish, aholi, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga yuksak ma’naviyat tamoyillarini singdirishga alohida e’tibor berish lozim. Bu esa ma’naviy tarbiya sohasida barchamizning mas’ul ekanimizni, mazkur sohadagi vazifalarni bajarishda faol bo‘lishimiz zarurligini anglatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 396
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 612
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230100
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111003
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61759
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50950
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 46371
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37949
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36008
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32904
Kompetentlik

//