Jon


Saqlash
19:06 / 10.06.2023 0 1299

Jon – inson va jonzodlar bilan bog‘liq ma’naviy-ruhiy xususiyatni ifodalaydigan tushuncha, qadimgi qarashlarga ko‘ra, inson va hayvon vujudida (ba’zi o‘simlik ham) yashovchi, o‘lim holatida tanani tark qiluvchi alohida kuch. Jonning ko‘chishi haqidagi ta’limotlar ham bor. Kosmosning umumiy jonliligi haqidagi qarashlar (gilozoizm, panpsixizm) dunyoviy jon haqidagi g‘oyalarning asosidir (Platon, neoplatonizm). Aristotel jonni tirik tananing faol ibtidosi sifatida talqin qiladi. Dinlarda inson jonni Xudo tomonidan yaratilgan takrorlanmas, abadiy ma’naviy ibtido hisoblansa, panteistik averroizmda esa jon yakka ma’naviy substansiya sifatidagi individuallikdir (monopsixizm). Dekart dualistik metafizikasida jon va tanani ikkita mustaqil substansiya sifatida farqlanadi va ularning o‘zaro ta’siri masalasini psixofizik muammo sifatida muhokama qilinadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, farishtalarda jon, ruh bor-u, lekin tana, ya’ni jism yo‘q. Shu bois ular ko‘zga ko‘rinmaydi. Hayvonlarda tana, jon bor-u, biroq ruh yo‘q. O‘limidan keyin, ya’ni tanasidan jon chiqib ketgach, hayvonlardan hech narsa qolmaydi, yo‘qlikka uchraydi. Odamda esa tana ham, jon ham, ruh ham mavjud. Ko‘pchilik jon bilan ruhni bir narsa deb tushunib keladi. Shuningdek, jon bilan ruh so‘zlari lug‘aviy jihatdan bir-biriga yaqindir. Ruh arabcha, jon forscha so‘z bo‘lsa-da, deyarli o‘n to‘rt asrdan buyon tilimizda keng qo‘llanib, o‘zlashib, ko‘p yangi-yangi ma’nolarni anglatib kelyapti, endilikda o‘z so‘zimizga aylanib ketgan. Ammo ular aynan bir tushunchani bildirmaydi. Abu Homid Gʻazzoliy aytishicha, odamda jismoniy jon va qalbiy jon bo‘ladi, odam vafot etgach, undagi jismoniy jon tugaydi, jonsiz jasad tuproqqa aylanib ketadi. Lekin odam shu bilan batamom tugab, yo‘qlikka uchramaydi. Odam jismonan vafot etadi, xolos. Undagi qalbiy jon jasadni tark etsada, mangu yashab qolaveradi. Qalbiy jon bu, yuqorida tilga olganimiz, ruhdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112803
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65593
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55340
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49700
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38262
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37073
“Avesto”

//