Jaholat


Saqlash
18:06 / 10.06.2023 0 4730

Jaholat, jahl, johil (arabcha bilmaslik, nodonlik) – 1) ilmsiz, qoloq, madaniyatsiz; 2) jahlga erk beruvchi, o‘zini idora qilolmaydigan shaxsga xos xususiyatlarni ifodalovchi salbiy axloqiy sifat.

 

Johil odam – muayyan masalani, muammoni hal etishda faqat jismoniy kuchiga tayanadigan, jahliga erk beradigan, o‘zini idora qilolmaydigan, ma’naviy tuban shaxs. Jaholat fozillikning ziddidir. Bunday odamlar o‘tkinchi, yuzaki narsalar, mol-dunyo, jismoniy lazzatlar, hirsu shahvat, obro‘, amal, shon-shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o‘ylaydi va bularning har biri uning nazarida hayotdan maqsad, baxt-saodat bo‘lib ko‘rinadi. Ular obro‘parast bo‘lib, o‘zaro bir-birlarini maqtash, ko‘kka ko‘tarishni yaxshi ko‘radilar, ularni boshqalar so‘zda ham, ishda ham ulug‘lashlarini istaydilar. Johil odam mansabparast bo‘lib, barcha odamlar unga bo‘ysunishini, o‘zi hech kimga bo‘ysunmaslikni xohlaydi, uning fikru zikri g‘alabalar nashidasini surishga qaratilgandir. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish lozimligi jaholat – bu hissiyotni jilovlay bilmaslik oqibatida kelib chiqadigan xatti-harakat, boshqalarga nisbatan beshafqat va vahshiyona munosabatda namoyon bo‘ladi. Jahl esa insonning his-tuyg‘uga berilishi natijasida yuzaga keladigan salbiy xususiyat sifatida o‘zgalarga nisbatan murosayu madora qilishga to‘siq bo‘ladi. Jahlga berilish boshqalar bilan kelisha olmaslik, ziddiyatning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Inson hayotida aql va jahl yonma-yon turadi. Aql insonning do‘sti bo‘lsa, jahl esa uning ashaddiy dushmanidir. Jahl inson tabiatining yengilligidan dalolat beradi. Yengil tabiatlilik, irodasizlik insonda jahl uchun zamin yaratadi, jahl g‘olib kelsa uni falokatga eltadi. Jahl shunday zararli illatki, u johilnigina emas, hatto uning atrofidagi kishilarning ham umrini egovlaydi.

 

Jahlning eng yomon tomoni shundaki, u nozik tabiatli, pok insonga ham, badxulq insonga ham bir xil tarzda yo‘naltirilishi mumkin. Jahlning tildagi ifodasi insondagi barcha ezgu fazilatlarni yo‘qqa chiqaradi, uni tiya bilish esa, jamoatchilik oldida ezgu fazilatlarni saqlab qolish demakdir. Jahl xatoga yo‘l ochib beradi, u yaqin kishilar o‘rtasiga nifoq soladi, parokandalikka sabab bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 485
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 545
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 323
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 299
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109180
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56583
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41862
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41189
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32472
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31321
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31109
Alpomish

//