Jasorat


Saqlash
20:06 / 09.06.2023 0 1014

Jasoratinsonning yuksak kamolotga erishganini ko‘rsatuvchi ma’naviy-axloqiy hodisa; insonning jamiyat va uning a’zolari manfaatlarini himoya qilish, muayyan vazifani ado etishda fidoyiligi, butun kuch va imkoniyatlarini to‘la safarbar etishini anglatadigan ma’naviyat kategoriyasi. Kundalik turmushda turli xavfli vaziyatlar va tahdidlarda el-yurt manfaatlari uchun ixtiyoriy ravishda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsada, halokat oldini olish ham jasorat tushunchasining mazmunini ifodalaydi. Jasorat nafaqat urush va favquloddagi holatlarda, biron-bir kutilmagan hodisa tufayli ijtimoiy hayot yoki inson hayotiga bo‘lgan tahdidni bartaraf etishda, balki kundalik turmushda ham namoyon bo‘ladi. Jasorat moddiy yoki ma’naviy manfaatdorlik evaziga amalga oshirilmaydi, balki u insonning hayotini, maqsad va orzu-umidlarini xalq va jamiyat uchun bag‘ishlab, amalga oshirgan xokisor faoliyatining natijasi hamdir. Shuning uchun jasorat faqat ayrim shaxslar va alohida kishilarning salohiyati emas, balki har bir inson uchun ham imkoni bo‘lgan ma’naviy fazilatdir. Jasoratning mazmuni ko‘p holatlarda ommaviy harakatlarning boshlanishida, umummilliy manfaatlarni himoya qilishda birinchi qadam, birinchi qarorlarda va ularni amalga oshirishda ham o‘z ifodasini topishi mumkin. Shu ma’noda, 1991 yil 31 avgust sanasida milliy istiqlolning e’lon qilinishi va mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ana shunday jasorat namunasidir. Vatan va millat manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda ulkan voqea bo‘lgan bu azmu qaror yuksak jasorat namunasi sifatida jamiyatimiz a’zolari uchun ma’naviy qadriyatga aylangani bejiz emas

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65590
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55337
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49700
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38260
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37071
“Avesto”

//