Jarayon


Saqlash
20:06 / 09.06.2023 0 1303

Jarayon – voqea va hodisalar rivojidagi uzluksizlikni, tabiat, jamiyat va insoniyat hayotidagi muttasil va doimiy harakatni ifodalovchi tushuncha. Jarayon ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy, ilmiy va boshqa sohalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Miqyosiga ko‘ra umumbashariy, mintaqaviy va milliy ahamiyatga molik jarayonlar bir-biridan farqlanadi. Ijtimoiy jarayonlar, odatda, ularni belgilovchi omillar va manbalarga nisbatan sabab va oqibat sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, har qanday jarayon, shu jumladan, ijtimoiy jarayonlar zohiriy va botiniy asoslarga ega bo‘lib, ular ayni chog‘da sabab va oqibat, zaruriyat va tasodifiyat tushunchalarida o‘z ifodasini topadigan munosabatlarni anglatadi. Ijtimoiy taraqqiyotning tarkibiy qismi bo‘lgan jarayonlar jamiyat kayfiyatiga ta’siri nuqtai nazaridan salbiy va ijobiy tarzda namoyon bo‘lishi mumkin. Jarayon inson omilining kuchi va qudratiga bog‘liq. Ularni boshqarish, maqsad sari yo‘naltirish muhim ahamiyatga egadir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56841
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//