Jamoatchilik fikri


Saqlash
16:06 / 08.06.2023 0 3044

Jamoatchilik fikri – ommaning, aholi ko‘pchilik qatlamining voqea-hodisalarga, ijtimoiy jarayonlarga nisbatan munosabatini ifodalovchi fikrlari, g‘oya, qarash va tasavvurlari majmuini ifoda etadigan tushuncha. Jamoatchilik fikri ijtimoiy hayot ta’sirida stixiyali shakllanib borishi yoki siyosiy tashkilotlar va mafkuraviy muassasalarning omma ongiga ta’sir ko‘rsatishi natijasida maqsadga muvofiq o‘zgarib borishi mumkin. U ijtimoiy ongning o‘ziga xos umumlashgan ifodasi sifatida, alohida fikrlarning o‘zaro almashinuvi, boyishi va uyg‘unlashib borishi natijasida yuzaga keladi. Jamoatchilik fikri aqliy, hissiy va irodaviy jihatlarni uzviy birlikda ifodalaydi va turli tarzda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, voqealarga ma’naviy munosabat sifatida. Bunda voqealarni baholovchi fikrlar keng jamoatchilik tomonidan biror-bir tarzda e’tirof etiladi. Ikkinchidan, g‘oyaviy-amaliy munosabat sifatida. Unda hissiy va irodaviy istaklar, intilish va niyatlar ommalashadi, jamoatchilikni amaliy faoliyatga undaydi. Uchinchidan, amaliy munosabat sifatida. Bunda kishilar voqea va jarayonlarga bo‘lgan munosabatlarini o‘z harakatlari bilan namoyon etadilar.

 

Jamoatchilik fikrining ko‘pchilikka tayanishi uning ta’sir kuchini belgilab beradi. Muayyan haqiqatni turlicha izohlash va talqin etishga asoslanuvchi plyuralizmning mavjudligi jamiyatda Jamoatchilik fikri rang-barangligidan dalolat beradi. Bunda ba’zi kishilar orasida keng tarqalgan va muayyan ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlar boshqalar uchun e’tiborga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Hozirgi davrda jamiyat a’zolarining barcha qatlamlarini birlashtiruvchi jamoatchilik fikrini shakllantirish va muttasil saqlab qolish muhim ahamiyat kasb etadi. Keng xalq ommasining ijobiy munosabatini maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, doimiy o‘rganish va hisobga olish taraqqiyotni ta’minlash va oqilona qadam qo‘yishda kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65590
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55337
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49700
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38260
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37071
“Avesto”

//