Jamiyatni axborotlashtirish


Saqlash
16:06 / 08.06.2023 0 4240

Jamiyatni axborotlashtirish – jamiyat hayotining barcha sohalarida axborot resurslarini faol shakllantirish va ulardan keng miqyosda foydalanish jarayonini ifodalaydigan tushuncha. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida ishlab chiqarishning odatdagi texnologik usuli va turmush tarzi axborot vositalari va usullaridan foydalanishga asoslanadigan yangicha (postindustrial) shakl-shamoyil va mazmun-mohiyat kasb etadi. Axborotlashgan jamiyat konsepsiyasiga ko‘ra, jamiyatni axborotlashtirish sivilizatsiya rivojlanishining yangi tarixiy bosqichi bo‘lib, unda axborot va bilim ishlab chiqarishning eng asosiy mahsullaridan biri hisoblanadi.

 

Axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlari: a) jamiyat hayotida axborot va bilimlar rolining ortishi; b) yalpi ichki mahsulotda axborot kommunikatsiyalari, mahsullari va xizmatlari ulushining ko‘payishi; v) global axborot maydonining yaratilishi. Bu esa, o‘z navbatida, odamlarning samarali informatsion o‘zaro aloqa qilishini, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishini hamda ularning axborot mahsullari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini taqozo qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56841
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//