Javonmardlik


Saqlash
16:06 / 07.06.2023 0 2621

Javonmardlik (forscha javonmard – mard yigit) – X–XIII asrlarda Xuroson va Movarounnahrda keng tarqalgan ijtimoiy harakat. Javonmardlik borini yo‘qlar bilan baham ko‘rish, yo‘g‘iga shukur qilib, faqat o‘z hunari evaziga kun ko‘rish, o‘zini do‘stlar xizmatiga bag‘ishlash, boshqalarga beminnat yordam ko‘rsatish, hojatbarorlikni hayotning mazmuni deb bilish, do‘st-birodarlar nomusi, sharafini himoya qilish, zohiran va botinan pok yurib, pok yashashni aglatadigan tushuncha. Uning uch nishonasi bor: vafoda xilof qilmaslik, manfaat talab qilmaslik, birov so‘rashidan oldin hozir qilish. Bunday odamlar tarixda bizning xalqimiz orasida ko‘p bo‘lgan. Ularni "fatiylar", "axiylar", "ayyorlar" deb ham nomlaganlar. Javonmardlar bir-birlari bilan aloqa bog‘lab, birgalikda muayyan ezgu maqsadlarni amalga oshirganlar. Ularning o‘z ustozlari va nizomlari bo‘lgan. Ular haqida maxsus kitoblar yozilib, pokiza xulqlari namuna qilib ko‘rsatilgan. Javonmardlar tasavvufni o‘zlari uchun axloq kodeksi sifatida qabul qilganlar va ko‘plari tariqat peshvolariga aylanganlar. Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Bahovuddin Naqshband javonmardlik udumlarini davom ettirgan zotlardir. Xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, saxovatpeshalik, himmatlilik javonmardlik an’analarida o‘z ifodasini topgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56841
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//