Javobgarlik


Saqlash
16:06 / 07.06.2023 0 2019

Javobgarlik insonning muayyan faoliyat va xatti-harakati uchun, ularning oqibatiga qarab jamoa, jamiyat yoki qonunga ko‘ra davlat oldidagi mas’ulligini ifodalaydigan tushuncha. U mazmun-mohiyatiga ko‘ra ma’naviy, axloqiy va huquqiy turlarga bo‘linadi. Ma’naviy-axloqiy ma’noda javobgarlik insonning el-yurt, jamiyat, davlat va bоshqalar qarshisidagi mas’uliyati, ma’naviy qarzi sifatida namoyon bo‘ladi. Va’daga vafo qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, oila, mahalla, jamoa oldidagi ijtimoiy burch tuyg‘usi javobgarlik hissining asosida yotadi. Qonun bo‘yicha javobgarlik intizomiy, ma’muriy, moddiy va jinoiy turlarga bo‘linadi. Jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z qilmishi uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. Jinoyat uchun javobgarlikka tortish vakolati sudga berilgan va bunday javobgarlik jinoiy jazoni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.

 

Jazo – insonning muayyan xatti-harakati va qilmishiga nisbatan qo‘llanadigan chora yoki tadbirni ifoda etadigan tushuncha. U nafaqat huquqiy sohada, balki ma’naviy jabhada ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Xalqimiz orasida "Oqpadar","Onasi oq qilgan", "Qarg‘ish tekkan" degan bir qarashda jo‘n, ammo ma’naviy jihatdan sermazmun iboralar uchraydi. Ular bejiz aytilmagan va bu tushunchaning xilma-xil jihatlari borligini anglatadi. Biron-bir nojo‘ya xatti-harakat oqibatida obro‘-e’tiborini yo‘qotish, sharmisor bo‘lib qolish, o‘z nomiga dog‘ tushirish, nazardan qolish deb baholanadigan holatlar ham bu borada muayyan ma’no-mazmunga ega. Qonunga ko‘ra, jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklaridan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasi. Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek, boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish asosiy jazo sifatida qo‘llanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 395
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 612
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230088
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111002
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61700
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50890
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 46316
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37938
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35995
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32900
Kompetentlik

//