Yoshlar


Saqlash
16:06 / 07.06.2023 0 857

Yoshlar – jamiyatdagi ijtimoiy-demografik guruh, inson umrining muayyan davrida yashayotgan, yetuklikning qaror topishi, kattalar olamiga kirish va unga moslashish kabi o‘ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadigan tushuncha. Yoshlik chegarasi beqaror va aniq ajratilishi qiyin, lekin soha mutaxassislari ko‘pincha uni 15–30 yil bilan o‘lchaydilar. Yoshlar ba’zi umumiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi: ular, odatda zamonaviy va bilimli; yangi kasblar va yangicha turmush tarziga intiluvchan; ijtimoiy jihatdan harakatchan qatlam. Yoshlarda qadriyatlarni qayta baholash, kattalarga nisbatan o‘zgacharoq, ya’ni ularda ehtiyojlar va ideallar, axloqiy me’yorlarni faol o‘zlashadi. Mazkur ijtimoiy guruhga shu toifa ichidagi muloqotga mo‘ljal qilish xosdir. Yoshlar o‘ziga xos qadriyatlarga ko‘ra, muloqot, mehnat, iste’mol, hordiq chiqarish kabi munosabatlar tizimi bilan farqlanadi, bu ular madaniyatining rivojlanishiga olib keladi. Jinsi, yoshi, ma’lumot darajasi, kasbiy bandlik sohasi, madaniy-siyosiy manfaatlari va boshqalarga bog‘liq holda yoshlar turlari farqlanadi. Ta’lim turini tanlash va uni egallash, mehnat jarayoniga kirish, oilani shakllantirish, kasbiy jihatdan o‘sish va xizmat bo‘yicha ilgarilash kabilar yoshlarning asosiy muammolari bo‘lib hisoblanadi. Keyingi yillarda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ularning kasb tanlash, mehnatiga haq to‘lash, ish bilan ta’minlash bo‘yicha qator dolzarb vazifalar yuzaga chiqdi. O‘zbekistonda bu borada jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol yoshlarni tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65590
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55337
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49700
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38260
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37071
“Avesto”

//