Yolg‘on


Saqlash
15:06 / 07.06.2023 0 784

Yolg‘on – jamiyatda, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘ladigan salbiy illat. Yolg‘on so‘z azaldan barcha xalqlar tomonidan tuhmat, bo‘hton, chaqimchilik, manmanlik, qo‘rslik, qo‘rqoqlik, beparvolik singari o‘ta jirkanch illatlar sifatda qoralanib kelingan. Yolg‘on so‘z, yolg‘on xabar jamiyatda ham, mahallada ham, oilada ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi, kishilar orasiga nifoq solishi, oilalarning buzilishiga, mamlakatda parokandalikning yuzaga kelishi sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya vositalari, texnika va texnologiyalar taraqqiy etgan hozirgi davrda yolg‘on xabarning qanchalik mash’um, buzg‘unchi rol o‘ynashi, xalqaro munosabatlarda alg‘ov-dalg‘ovlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Darhaqiqat, yolg‘on so‘z, yolg‘onchilik, yolg‘on xabar o‘zining ma’no-mazmuni, mohiyati bilan kishilar o‘rtasidagi, jamiyatdagi hamjihatlikka rahna solib, mehnat jamoalari, oila va mahallada tinchlik-ahillikni buzishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shu ma’noda, yolg‘on so‘z, yolg‘onchilik – adolat, haqiqat, tinchlik-osoyishtalik, jamiyatdagi bunyodkorlik va yaratuvchanlik, tashabbuskorlik va taraqqiyotga to‘sqinlik qiladigan ma’naviyatga zid illatdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56841
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//