Yolg‘izlik


Saqlash
15:06 / 07.06.2023 0 2851

Yolg‘izlik – insonning uzlatdaligini, boshqalardan ajralib qolganini, jamoadan chetlashganini (o‘zini-o‘zi chetlatganini) ifodalovchi holat, kechinma, shaxsiy hissiyot. Bunday vaqtda shaxs ijtimoiy aloqa va munosabatlardan butunlay yoki qisman chetlashadi, uning ichki dunyosida boshqalardan uzoqlashish yuz beradi. "Yolg‘izlik" tushunchasi ko‘p ma’noli bo‘lib, ijtimoiy-falsafiy, ruhiy, sotsiologik ifodalarga ega. Psixologiya nuqtai nazaridan yolg‘izlik turli ruhiy holatlar (depressiya, ilojsiz qolishlik, izdan chiqqan xulq-atvor, to‘laqonli emaslik) tufayli yuz beradi. Falsafiy ma’noda yolg‘izlik ijtimoiy sabablar bilan ifodalanadi: begonalashish, ijtimoiy adolatsizlik oqibati inson dunyoqarashi va jamiyat hayotining ziddiyatliligi natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Yolg‘iz kishi muayyan "vaziyat qurboni", ijtimoiy ajralganlik natijasi, shaxsiy egoizm va o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish sifatida ta’riflanishi ham mumkin. Yolg‘izlik muammosining sotsiologik talqini ham har xil. Yolg‘iz kishi biror ijtimoiy guruh (oila, boshlang‘ich jamoa, u yoki bu guruh)da o‘zaro aloqalarning susaygani, munosabatlar mazmuni o‘zgargani va hokazo natijasi sifatida talqin etilishi mumkin. Umuman, sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yolg‘izlik muammosida alohida shaxs va ijtimoiy guruhlar aloqasining bironbir shakldagi tavsifi o‘z aksini topadi. Insonning iste’dodi, qobiliyati va imkoniyati hisobga olinmagan yoki e’tirof etilmagan hollarda ba’zi kishilar ataylab yolg‘iz bo‘lishni xohlaydi va unga biron-bir tarzda erishishlari ham mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65588
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55337
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49699
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38259
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37070
“Avesto”

//