Yovuzlik


Saqlash
17:06 / 06.06.2023 0 2035

Yovuzlik – ma’naviyat tamoyillari va talablarining buzilishidan hosil bo‘ladigan, adolat va insonparvarlik tamoyillari va talablariga qarshi jinoyatni, faoliyat va xususiyatni anglatuvchi tushuncha. O‘zining oqibatiga ko‘ra, ijtimoiy yomonlik, motiviga ko‘ra, ijtimoiy buzilishni ifodalaydigan jarayon va xatti-harakatdir. Masalan, Amerikaning istilo etilishi natijasida tub aholi bo‘lgan hindularning qirib yuborilishi, keyinroq afrikalik minglab kishilarning qullik azobiga solinishi, Ikkinchi jahon urushi davrida millionlab begunoh kishilarning qirib yuborilishi, sobiq ittifoq davridagi qatag‘on qilish siyosati yovuzlikning yaqqol misolidir. Yovuzlik ezgulikning ziddi, axloqiy buzilish va ma’naviy jaholat shakllaridan biridir. Yovuzlikning mazmuni xilma-xil tarzda namoyon bo‘lishi mumkin: tinch aholini qirg‘in qilish, begunoh odamlarni qirib yuborish, odam savdosi, terrorchilik, qotillik, o‘g‘rilik, aldamchilik, ikkiyuzlamachilik, sotqinlik, munofiqlik va boshqalar. Uni, odatda, ikkiga ajratadilar – maxsus tayyorlangan, ya’ni o‘ylab qilingan yoki o‘ylanmagan. Yovuzlik ezgulikni inkor etibgina qolmaydi, balki undan butunlay farq qiladi. Ular o‘rtasidagi munosabat yaxshilik va yomonlikning kurashi kabi abadiy kurash sifatida namoyon bo‘ladi. “Yovuzlik” tushunchasining yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, uning yordamida insonning tubanligi, g‘ayriaxloqiy faoliyati aniq ko‘rinadi. Chunonchi, Chingizxon, Gitler yoki Stalinni yovuz insonlar deyilishi bejiz emas. Ilm-fanda hozirga qadar “Yovuzlik” tushunchasi mezoniy tushunchalar qatoriga kiritilmagan, u faqat yomonlikka ma’nodosh tushuncha tarzida tahlil etib kelingan. Yovuzlikning ko‘pgina jihatlari yomonlikdan, yomonlikning ba’zi elementlari yovuzlikdan joy olishini, “singib ketishi”ni inkor etish qiyin. Ammo yovuzlik va yomonlik aynan bir narsa, bir xil tushunchalar emas. Ular o‘rtasida muayyan farq mavjud: Yovuzlik ijtimoiy xususiyatga ega, yomonlik esa, asosan, shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan salbiy hodisa. Masalan, yolg‘onchilik yomonlikdir, jaholat esa – yovuzlik, chunki yolg‘onchilik o‘tkinchi xususiyatga ega. Demak, yomonlikni yovuzlik bilan ayniylashtirish xato. “Yovuzlik” tushunchasini anglash kishilarni ezgulikni qadrlashga da’vat etadi, ularni ma’naviy barkamollikka undaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 395
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 612
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230088
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111002
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61700
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50891
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 46316
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37938
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35995
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32900
Kompetentlik

//