Yengiltaklik


Saqlash
16:06 / 06.06.2023 0 947

Yengiltaklik – 1) insonga xos salbiy xususiyat, xislat, xatti-harakat; 2) oqibatini o‘ylamay ish qilish; 3) odob doirasidan chiqish, odob-axloqqa zid qiliqni anglatadi.

 

Yengiltaklik har qanday jins va yoshdagi kishilarga xos xususiyat bo‘lishi mumkin. Odatda, biror kishi nojo‘ya ish qilib qo‘yganda "Yengiltaklik qilma", deya tanbeh beriladi. Kishi yengiltaklikdan tiyilsagina boshqa yaxshi xislatlarni o‘zida namoyon etadi. Buning uchun esa u yaxshi tarbiya olgan bo‘lishi lozim. Yengiltaklik va yengil o‘ylash oqibatida ne-ne orzu-umidlar bilan qurilgan oilalar buzilib ketadi, bo‘lg‘usi kasb-korini tanlashda yengiltaklik bilan yondashgan odamlar umr bo‘yi aziyat chekadi. Yengiltaklik oqibatida aka-uka, qarindosh-urug‘, do‘stlar va yaqinlar o‘rtasiga sovuqchilik tushishi, ba’zi odamlar bir umrga yomonotliq, sharmanda, beburd bo‘lib qolishi mumkin. Yengiltaklikka qarama-qarshi bo‘lgan so‘z sharm-hayodir. Sharm – nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiya olish, uyalish hissi. Hadislardan birida aytilishicha, odam, eng avvalo, o‘zidan uyalishi kerak. Chunki nojo‘ya qilmishi uchun o‘zidan uyalgan odamgina boshqalarga ham nojo‘ya xatti-harakatni ravo ko‘rmaydi. Qadimgi ajdodlarimiz azaldan yengiltaklik xislatini qoralab, har ishda og‘ir-vazmin, mushohadali bo‘lish, o‘ylab ish tutish lozimligini ta’kidlab kelgan. Ayniqsa, siyosiy sohada yengiltaklik, kalta o‘ylash jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi, ko‘plab insonlarni azob-uqubatga duchor etishi mumkinligi tarixda ko‘p bor isbotlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56841
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//