Dunyoqarashning o‘zgarishi


Saqlash
15:06 / 06.06.2023 0 1123

Dunyoqarashning o‘zgarishi – mustaqillik yillarida jamiyatimiz ma’naviy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishni ifoda etuvchi, kishilarni yagona mafkura ta’siridan, unga asoslangan qarashlar va tamoyillardan xalos bo‘lishi, voqea va hodisalarga munosabatda fikrlar, g‘oyalar xilma-xilligi asosida yangicha yondashuvning qaror topishini anglatuvchi tushuncha. Dunyoqarashning o‘zgarishi ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlardan ayri holda shakllanmaydi. Jamiyatning bir bos qichdan ikkinchisiga o‘tishi nafaqat iqtisodiy, siyosiy, balki ijtimoiy-ma’naviy o‘zgarishlarni ham taqozo etadi. Masalan, mustaqillik yillarida tarixan qisqa vaqt ichida mustabid tuzum davridagi mafkuraviy buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilik asoslari yaratildi, hokimiyatning zamonaviy tizimi tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi, erkin bozor munosabatlari shakllantirildi, eng muhimi, aholining ongu tafakkurida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ularning fikrlash tarzi va dunyoqarashi o‘zgardi.

 

Istiqlol davrida kishilar dunyoqarashi va tafakkurida yuz bergan o‘zgarishlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: O‘zbekistonning istiqboli va istiqloli haqida qayg‘urish; o‘zi, o‘z xalqi, Vatanining qadr-qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilish; yuksak g‘oyalar, yangi-yangi kashfiyotlar, ezgu niyatlar og‘ushida mehnat qilib, iste’dodi, bor imkoniyati, kerak bo‘lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etish va hokazo, bu – o‘z nonini halol mehnat bilan topadigan, xolis va ezgu ishlari bilan el-yurtga naf yetkazadigan, tiriklik mazmunini teran anglab, nafaqat bugungi kun lazzatlari, balki, oxirat haqida, uning obodligi haqida o‘ylab yashaydigan insonlarga xos qarashlardir. Boshqacha aytganda, ongli yashaydigan, mantiqiy fikrlashga qodir bo‘lgan, o‘z qarashlarining ma’no-mazmunini har tomonlama asoslab bera oladigan, bilim va dunyoqarashini boyitib boradigan odamgina jamiyatimiz oldida turgan ezgu maqsadlarning amalga oshirilishi, Yangi O‘zbekiston barpo etilishiga munosib hissa qo‘sha oladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65590
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55337
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49700
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38260
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37071
“Avesto”

//