Diniy g‘oyalar


Saqlash
15:06 / 05.06.2023 0 2737

Diniy g‘oyalar – diniy da’vatlar, aqidalar, ilohiy qadriyat va maqsadlar ifodalangan qarashlar majmui. Ular turli dinlarning amal qilish yo‘lini, mavjudligini ta’minlab beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Vijdon erkinligi, insonlarning irqi, millati, dini, nasl-nasabi, jinsidan qat’i nazar, o‘zaro tengligi ta’minlangan, umuminsoniy g‘oyalar ko‘plab davlatlar hayotiga singib borayotgan hozirgi davrda diniy g‘oyalar o‘zining tub mohiyatini saqlagan holda odamzod hayoti, baxtu saodati, tarbiyasi, ma’rifatida bir so‘z bilan aytganda, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashda g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasiga tayangan davlatlarda xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan turli millat vakillari hamjihat bo‘lib, bir zaminda yashab, mehnat qilib kelmoqda. Bu esa kishilarning bir zamin, bir Vatan uchun, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Qur’oni Karimda keltirilgan "Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz (do‘st-birodar bo‘lishingiz) uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik", degan kalima diniy g‘oyalardagi totuvlik, o‘zaro hamjihatlikning yorqin namunasidir. Hozirgi zamonda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat din dorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi.

 

Dinning ijtimoiy vazifasi – dinning jamiyat ijtimoiy instituti sifatidagi ta’siri, o‘rni, faoliyat doirasini ifodalovchi tushuncha. Din jamiyat, ayrim guruh va shaxslar hayotida rang-barang vazifalarni bajaradi. Insonga Xudoni va uning payg‘ambarlarini tanitish; olamning diniy manzarasini yaratish; tabiat, jamiyat va insonning mohiyatini tushuntirish; yagona e’tiqodga ega diniy guruhlar xatti-harakatlarini tartibga solish; diniy birodarlikni mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash; turli diniy e’tiqodga amal qiluvchilarning bir-biridan farqlarini qiyoslash; diniy ahkomlar, qoidalar, me’yorlar va qadriyatlar asosida ongni boshqarish (bu vazifalar nafaqat e’tiqod, ibodat sohasida, balki inson hayotining boshqa sohalari – oila, nikoh, turmush va hokazoga ham taalluqlidir); turli diniy ta’sir etish vositalari (fatvolar, xabarnomalar, rag‘batlantirish va jazo tadbirlari) yordamida dindoshlar ongiga foniy dunyo va boqiy dunyodagi hayotning mohiyatini singdirish; dindor shaxs yoki guruhlarni o‘zgaruvchan tashqi muhitga moslashtirish; diniy-axloqiy va estetik qadriyatlarni, me’yorlarni shakl lantirish, diniy guruhning bahamjihatligini ta’minlash; din dorlarni diniy qadriyatlar, me’yorlar, ko‘rsatmalar, axloqiy namunalar va muayyan dinga xos bo‘lgan xislat va xususiyatlarga o‘rgatish, ularning o‘zlashtirilishiga erishish; yosh avlodni ajdodlar diniy tajribasidan bahramand etish shular jumlasidandir. Diniy tashkilotlar faqat diniy vazifalarnigina bajarish bilan cheklanib qolmaydi, balki din azaldan ma’naviyatimizning tarkibiy qismi sifatida kishilarni, shu jumladan, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol, faqat ezgulikka intilib yashaydigan yetuk inson qilib voyaga yetkazishda beqiyos ahamiyatga egadir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 350
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 310
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 649
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 378
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 566
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233185
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112874
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65839
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55517
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49869
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39184
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38397
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37322
“Avesto”

//