Diniy ekstremizm


Saqlash
15:06 / 05.06.2023 0 1721

Diniy ekstremizm – ekstremizmning diniy sohada namoyon bo‘lish shakli. Diniy ekstremizm muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora-tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotni anglatadi. U namoyon bo‘lish ko‘lamiga ko‘ra, hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Bunday qarashlar juda qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan, barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremizm ruhidagi qarashlarni buddizm, xristianlik, islom, katoliklar, protestantlar, pravoslavlar orasida birday uchratish mumkin. Diniy ektremistlar qayerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi diniy davlatni barpo qilish bo‘lib, bunga o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish va zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydi. Bu esa, davlat mustaqilligiga ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov bo‘ladi. Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish bo‘lib, bu yo‘lda ular eng jirkanch usullarni qo‘llashdan ham tap tortmaydi. Bugungi kunga kelib nafaqat islom dunyosi, balki butun jahonda diniy ekstremizmning asl qiyofasi yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda. Dunyoda inson huquqlari va demokratik tamoyillar ustuvor bo‘lib borayotgan, qonun hamda xalqaro huquq qoidalari mamlakatlar, xalqlar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy tamoyiliga aylanayotgan hozirgi davrda diniy ekstremizmga qarshi birgalikda kurashish, uni ildizi bilan qo‘porib tashlash, bu borada doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash bugungi kundagi eng dolzarb vazifadir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 148
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 207
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 558
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 333
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 497
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232785
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112597
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65225
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55048
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49435
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39069
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38127
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36688
“Avesto”

//