Diniy bag‘rikenglik


Saqlash
15:06 / 05.06.2023 0 3940

Diniy bag‘rikenglik – turli diniy e’tiqoddagi kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini anglatadigan tushuncha. Hozirgi vaqtda bu ezgu g‘oya nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik va bahamjihatlikni nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir. Qadimdan diyorimizda buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik, yahudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan shaharlarimizda masjid, cherkov, sinagogalar faoliyat ko‘rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub bo‘lgan xalqlar, qavmlar o‘z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. Vatanimiz tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og‘ir davrlarida ham yurtimizdagi mavjud din vakillari o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lgan emas. Bu – yurtimiz xalqlarining Diniy bag‘rikenglik borasida katta tajribaga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 16 konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularga o‘z diniy marosimlarini o‘tkazish va mamlakat hayotida faol ishtirok etish uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Ma’lumki, dunyodagi dinlar asl mohiyatiga ko‘ra ezgulik g‘oyasiga asoslanadi, kishilarni halollik, poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Inson hayotining asl maqsadi inson va tabiatga nisbatan odilona, oqilona munosabatda bo‘lish, hamisha yaxshi, savobli ishlarni amalga oshirishdan iboratdir. Shunday ekan, haqiqiy diniy qarashlar ortida diniy bag‘rikenglik yotadi. UNESCO diniy bag‘rikenglik muammosiga alohida e’tibor berib, 1995 yilni BMTning bag‘rikenglik yili deb e’lon qildi. O‘sha yili 16 noyabrda 185 davlat ishtirokida Parijda Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi qabul qilindi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ham bu sohada ulkan ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda respublikamizda ikki mingdan ziyod diniy tashkilot, shu jumladan, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Musulmonlari qoziyati, Toshkent Islom instituti, 10 ta madrasa va 2003 ta masjid, Rus pravoslav cherkovi, Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasi, Pravoslav seminariyasi, Rim-katolik cherkovi, Yevangel xristian baptistlar cherkovlari ittifoqi, to‘liq Injil xristianlar markazi, Xristian seminariyasi, O‘zbekiston Bibliya jamiyati, 162 ta xristian cherkovi, 8 ta yahudiy va 8 ta bahriy jamoasi, 1 ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta buddist ibodatxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

 

Diniy qarash – ilohiy va dunyoviy tushuncha va tasavvurlar mushtarakligini ifoda etuvchi ma’rifiy qarash. “Alloh qalbimizda, yuragimizda” tamoyili asosida mamlakatimizdagi turli diniy e’tiqod va maslakdagi fuqarolar uchun Vatan yagonaligi g‘oyasi ilgari suriladi. Zero, inson va ma’naviyat, odam va olam, makon va zamon o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirish zamirida jamiyatni birlashtirish, barqarorlashtirish imkoniyatlari mujassamdir. Shu tariqa turli e’tiqodlar, xilma-xil qarashlar va munosabatlarni uyg‘unlashtirish konsepsiyasini asoslashga yo‘l ochiladi. Bunda jamiyatni barqarorlashtirish masalasi insonning ma’naviy-ruhiy yetukligi va komilligi bilan bog‘liq holda tushuniladi. Diniy-ma’rifiy qarashlar jamiyat taraqqiyotining muhim omili darajasiga ko‘tariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

12:01 / 13.01.2025 0 323
Muallimdan tayoq yegan sulton

Bilasizmi?

09:01 / 07.01.2025 0 201
“O‘shakchi” ushoqchimi?

Bir kuni...

18:12 / 04.12.2024 0 885
Buninni jiddiy raqib deb bo‘ladimi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 220446
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 105287
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 38343
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 31223
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 29976
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 28291
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 26529
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 24625
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//