Deputat etikasi


Saqlash
04:06 / 05.06.2023 0 1362

Deputat (lotincha deputatus – jo'natilgan, yuborilgan) – vakolatli hokimiyat organlariga saylangan shaxs. O'zbekistonda deputatlar – siyosiy partiyalar, hokimiyat organlari, saylovchilarning tashabbuskor guruhlari tomonidan vakil qilingan va ular nomidan ish yuritish huquqiga ega bo'lgan shaxslardir. Deputatlikka nomzod ko'rsatish va saylash tartibi turli mamlakatlarda turlicha bo'lib, maxsus qonunlar bilan belgilab qo'yiladi. Mamlakatimizda ularning maqomi, vakolatlari, Deputatlik faoliyatining kafolatlari “O'zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to'g'risida”gi Qonunda belgilab berilgan.

 

Deputat etikasi – qonun chiqaruvchi hokimiyat va boshqa vakillik organlarida faoliyat yurituvchi xalqning vakolatli muxtor vakili, ya'ni deputatning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari asosidagi faoliyati hamda uning ma'naviy-axloqiy qiyofasini ifoda etadigan tushuncha. Deputatlik maqomi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 88-moddasi bilan belgilangan deputatlik immuniteti qoidalariga asoslanadi. Ushbu qoidaga binoan, deputatning sha'ni va qadr-qimmati, shaxsi qonun yo'li bilan muhofaza qilinadi. U jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Deputat etikasi talablariga muvofiq, u deputatlik davrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin emas. Deputat jamiyatda o'rnatilgan axloq-odob qoidalariga qat'iy rioya qilishi lozim. U o'z maqomi va lavozimini suiiste'mol qilishi, boshqa fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazadigan xatti-harakatlarga yo'l qo'ymasligi, ma'naviyat talablari va axloq-odob qoidalariga qat'iy rioya etishi zarur.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56841
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//