Demokratik tamoyillar


Saqlash
07:06 / 03.06.2023 0 4050

Demokratik tamoyillar – huquqiy demokratik jamiyat asosini belgilaydigan demokratik qonun-qoidalar majmui. Bugungi kunda ularsiz demokratiyani tasavvur qilib bo‘lmaydi. Barcha fuqarolarning qonun oldidagi tengligi va xalqning hokimiyat manbai bo‘lib xizmat qilishi demokratik tamoyillar asosini, o‘zagini tashkil etadi. Hokimiyatni monopollashtirishga yo‘l qo‘ymaydigan tizimni tashkil etadigan davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi demokratiyaning yana bir muhim tamoyilidir. Qarorlarning ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinishi, ozchilikning ko‘pchilik irodasiga bo‘ysunishi ham demokratik tamoyillardan hisoblanadi. Fuqarolarning fundamental huquq va erkinliklarini (shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy) amalga oshirish – demokratiyaning yana bir muhim tamoyili bo‘lib, u faqat huquqiy davlatdagina to‘liq namoyon bo‘ladi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy faolligi hamda yuksak siyosiy madaniyatini ta’minlash ham demokratik tamoyillar ruhiga mos keladi demokratik tamoyillar siyosiy jarayonlarning rivojlangan shakl va usullaridan qonun doirasida, har xil tazyiq va zo‘ravonliklarga yo‘l qo‘ymagan holda foydalanish, mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv idoralarining jamiyatni demokratik rivojlantirish manfaatlari yo‘lidagi vakolatlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Demokratik tamoyillarning to‘liq ro‘yxati katta. Bunday darajaga yetish demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan davlatlarning ideali hisoblanadi. Mustaqillik yillarida demokratiyaning asosiy tamoyillarini izchillik bilan hayotga tatbiq etib kelayotgan O‘zbekiston ham rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashga intilib, bu borada salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56841
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//