Demokratik institutlar


Saqlash
07:06 / 03.06.2023 0 2246

Demokratik institutlar – jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror toptirishga xizmat qiladigan tashkilot va tuzilmalar majmui. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin. Demokratik jamiyatda davlat hokimiyati o‘zining asosiy tarmoqlari – qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud organlariga ajratilgan holda amal qiladi. Oliy qonun chiqaruvchi organ umumdavlat miqyosida qonunlar chiqarish huquqiga ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat doirasida hokimiyatning barcha tarmoqlari mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatadi. Ular bir-birini qisman to‘ldirib va tenglashtirib turadi. Ijroiya hokimiyati qonun chiqaruvchi va sud idoralari tomonidan nazorat qilinadi. Ayni vaqtda ijroiya hokimiyati qonunlarning amal qilinishini ta’minlaydi. Sud zimmasiga esa qonunlarning Konstitutsiyaga mos kelishini nazorat qilish, jamiyat a’zolari va tashkilotlar tomonidan unga rioya etilishini ta’minlash yuklanadi. Bu jarayonda keng vakolatlar doirasiga ega bo‘lgan o‘z-o‘zini boshqarishning mahalliy idoralari ham muhim o‘rin tutadi.

 

Jamiyatning eng faol va uyushgan qismini, uning ijtimoiy qatlam va guruhlar manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy partiyalar demokratik jamiyatning muhim instituti hisoblanadi. Saylovlar siyosiy partiyalar raqobatini, ularning hukumat tizimiga ta’siri va o‘rnini aniqlab beruvchi bosh maydon hisoblanadi. Siyosiy partiyalar demokratiya sharoitida jamiyatdagi xilma-xil qarashlarning namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. Ko‘p partiyali tizim sharoitida demokratik institutlarning muhim qismi bo‘lgan siyosiy oppozitsiyaning mavjudligi ta’minlanadi. Ijtimoiy harakat va tashkilotlar (ijodiy uyushmalar, yoshlar tashkilotlari, xayriya jamg‘armalari kabi) demokratik jamiyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu tashkilot va birlashmalar turli ijtimoiy guruhlarning xilma-xil manfaatlarini ifoda etadi, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini ta’minlaydi. Ular o‘zlarining real mavqeidan kelib chiqqan holda davlat va jamoat ishlarida, ijtimoiy-siyosiy muammolarni yechishda ishtirok etadi.

 

Axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish bilan shug‘ullanayotgan OAV va tashkilotlar borgan sari jamiyatning eng faol, mustaqil demokratik institutiga aylanib bormoqda. OAVning davlat va jamiyat hayotidagi muhim o‘rnini hisobga olgan holda ular “to‘rtinchi hokimiyat” deb atalishi ham bejiz emas. Inson huquqlari va erkinligiga amal qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydigan davlat va nodavlat tashkilotlari (Ombudsman instituti, qonunni himoya qiluvchi idoralar) muhim demokratik institutlar hisoblanadi. Jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishi, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy muammolarning hal etilishi demokratik institutlarning qay darajada rivojlangani va faoliyatining samaradorligiga bog‘liq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65589
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55337
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49699
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38259
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37071
“Avesto”

//