Demografiya


Saqlash
06:06 / 03.06.2023 0 4018

Demografiya (yunoncha demos – xalq va grafos – yozaman) – har yili turli sabablarga ko‘ra, vafot etgan aholi o‘rnini dunyoga kelgan yangi avlod hisobiga to‘ldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bog‘liq holda o‘rganadigan fan.

 

Demografiyaning paydo bo‘lishi asosan XVII asrning ikkinchi yarmidan angliyalik olim J.Graunt (1620–1674) tadqiqotlari bilan bog‘liqdir. Demografiya termini 1855 yilda fransuz olimi A.Giyar tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. 1882 yil Xalqaro gigiyena va demografiya kongressining Jenevada bo‘lib o‘tgan sessiyasida demografiya fan sifatida rasman tan olingandan keyin XIX asr oxiri – XX asrlarga kelib jadal rivojlanayotgan fanlardan biriga aylandi. O‘zbekistonda bu atama asosan 1960 yillardan qo‘llanila boshlangan. Demografiyaning maqsadi muayyan hudud, mamlakat, dunyo aholisi va turli millatlarning avlodlar almashuvi, o‘lish va tug‘ilish jarayoni va omillarini o‘rganish asosida mavjud muammolar yechimini ishlab chiqish va demografik istiqbolni ko‘rsatib berishdan iborat. Demografiyaning vazifalari: demografik jarayonlarni (tug‘ilish, o‘lish, nikoh va ajralish, oilaning demografik xususiyatlari, aholining yosh bo‘yicha jinsiy va oilaviy tarkibi) o‘rganish; demografik bashorat (ma’lum hudud aholisining soni, yoshi, jinsiy tarkibi va demografik vaziyatini e’tiborga olgan holda istiqbolini ilmiy jihatdan asoslab berish)larni ishlab chiqish; demografik siyosatni, aholining miqdoriy o‘sishini boshqarish, amalga oshirish va takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Demografik jarayonlar holati ijtimoiy-iqtisodiy, biologik va jo‘g‘rofik omillar bilan uzviy bog‘liq.

 

Demografiya sotsiologiya, iqtisod, tarix, huquq, etnologiya, sotsial gigiyena, aholi geografiyasi, tibbiyot, gerontologiya, genetika, statistika kabi fan sohalari bilan o‘zaro bog‘liq holda rivojlanmoqda. Demografiyada nufus tarixi, nazariyasi va amaliyotini o‘rganishga alohida ahamiyat qaratiladi. Paleo davri ma’lumotlariga asoslangan holda qadim zamonlardan aholining o‘sish dinamikasi haqidagi bilimlar to‘plab kelinadi. Demografiya doirasida amalga oshiriladigan tadqiqotlar aholi va demografik jarayonlarga doir dastlabki ma’lumotlarni to‘plash, aholishunoslikning matematik nazariyasini ishlab chiqish va demografik tahlildan iborat. Hozirgi davrda demografiya nufus nazariyasi asosida rivojlanayotgan qator demografik fanlarning keng tarmog‘i tizimini qamrab oladi. Bu holat uning obyekti va predmeti, demografik jarayonlar va hodisalar yo‘nalishini belgilovchi omillar, shart-sharoitlarning turlitumanligi bilan bog‘liq. Hozirgi davrda jahonning ko‘pgina mintaqalarida demografik vaziyatning keskinlashuvi, nufus masalasi global tus olayotgani demografiyaning jadal rivojiga turtki bermoqda. Masalan, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining keskin oshib borishi bilan bog‘liq “demografik portlash”, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda esa, aksincha, demografik tanazzul, urbanizatsiya va xalqaro migratsiya muammolarining tobora keskin tus olib borayotgani demografik tadqiqotlar ahamiyatining ortib borayotganidan darak bermoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65589
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55337
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49699
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38259
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37070
“Avesto”

//