Deizm


Saqlash
17:05 / 30.05.2023 0 2112

Deizm (lotincha deus – xudo) – ma’rifatchilik davrida vujudga kelgan diniy-falsafiy ta’limot. Asoschisi – lord Cherber. Unga ko‘ra, Xudo olamni yaratib, unda ishtirok etmaydi va voqea-hodisalarning qonuniy jarayoniga aralashmaydi. Deizm inson va Xudo o‘rtasidagi doimiy aloqa mavjudligi haqidagi tasavvurga asoslangan deizm, Xudoni tabiat bilan aynanlashtiruvchi panteizm va Xudoning mavjudligini inkor qiluvchi ateizmga (dahriylik) qarama-qarshi turadi. Deizm tabiatni yoki aqlni cheklash g‘oyasini ilgari suradi. Deistlar ta’limotiga ko‘ra, din hamma odamlar uchun umumiydir. Bu g‘oya lord Cherberning “Haqiqat haqida traktat” asarida o‘z ifodasini topgan. Deizm ta’limotini turli falsafiy yo‘nalishlar vakillari yoqlab chiqqan. XVII asrning birinchi yarmi deizmning eng gullab-yashnagan davri hisoblanadi. Xususan, xristianlikni faqat axloqiy ta’limot sifatida e’tirof etgan ingliz olimlari J.Toland, A.Kolliz, M.Tindal, A.Sheftsberi, G.Bolingbrok; amerikalik olimlar T.Jefferson, B.Franklin, I.Allenlar deist bo‘lgan. Fransiyada Deizm g‘oyalarini Volter, Russo kabi faylasuflar yoqlab chiqqan. Germaniyada deizm falsafiy rasionalizm negizida rivoj topadi (Leybnis, Lessing). Deizm g‘oyalari Kantning “Din faqat aql doirasida” asarida ilgari surilgan. Hozirgi zamon falsafasida deizm jiddiy ahamiyatga ega emas.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56841
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//