Dahriylik


Saqlash
17:05 / 30.05.2023 0 1743

Dahriylik (arabcha zamon, davrga e’tiqod qilish) – ilohiy kuchlarga e’tiqod qilishni inkor etish zamon kishilarini paydo qiladi va chinakam e’tiqodni o‘ldiradi degan e’tiqodda bo‘lishni anglatuvchi tushuncha. Qadimdan dahriylik tushunchasi “xudosizlik”, keyinchalik “ateizm” kabi atamalar bilan yuritilib kelingan. Jamiyatda Xudo, ilohiy kuchlarga ishonch paydo bo‘la boshlagan davrlardayoq, ular bilan barobar holda bunday haqiqatlarga ishonchsizlik ham shakllangan. Ammo dahriylikning mutlaqlashtirilishi davlat va jamiyatlar hayotida ma’naviy yo‘qotish va qabohatga olib kelgan. Dahriylik qadimda ilk xudosizlik tasavvurlari paydo bo‘lgan davrdan hozirgi kungacha bir necha bosqichni bosib o‘tgan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida dunyoviylik dahriylik deb qaraladigan, dahriylik esa mutlaqlashtiriladigan davrlar ham bo‘lgan. Masalan, XX asrda bolsheviklar marksistik dahriylik asosida dindan xoli jamiyat barpo etishni maqsad qilib qo‘ygan edi.

 

O‘tgan asr 20–30 yillarida amalga oshirilgan bu siyosat barcha respublikalar, shu jumladan, O‘zbekistonda jiddiy salbiy oqibatlarga, ulkan ma’naviy yo‘qotishlarga olib keldi. Xususan, respublikada “Xudosizlar” nomi bilan o‘zbek tilida jurnal nashr etildi. Arab alifbosi bekor qilingach, minglab noyob kitob va qo‘lyozmalar yoqib yoki ko‘mib tashlandi, yuzlab masjid va madrasalar yopildi, arab tili va islom tarixining bilimdonlari quvg‘in ostiga olindi. Toshkent shahrida butunittifoq Ilmiy ateizm institutining respublikalararo filiali ochildi (1981). Mustabid tuzum qulagach, “ilmiy ateizm” umuman fan sifatida yo‘q bo‘ldi. Ayrim manbalarga ko‘ra, hozirgi davrda AQSH va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari aholisining 8–10 foizi dahriylik hisoblanadi. Yer yuzida mayda diniy firqalar va diniy ekstremizm avj olayotgan bugungi kunda bunday qarashni o‘ziga muayyan e’tiqod sifatida qarash an’anasi ham ko‘zga tashlanmoqda. Ko‘pgina xalqaro hujjatlarda, masalan, Inson huquqlari deklaratsiyasida: “Har bir inson fikr, vijdon, din va e’tiqod erkinligi huquqiga egadir” deb yozilgan. Zamonaviy demokratik jamiyatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham fuqarolar uchun haqiqiy vijdon erkinligi huquqi, ya’ni har qanday dinni erkin tanlab olish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik konstitutsiyaviy asosda kafolatlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 395
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 612
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230088
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111002
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61700
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50892
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 46318
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37938
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35995
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32900
Kompetentlik

//