Dadaizm


Saqlash
15:05 / 30.05.2023 0 1831

Dadaizm – modernizm yo‘nalishlaridan biri. Unga 1916–1921 yillari T.Tsar asos solgan. Bu oqimda “dada” atamasi muhim o‘rin tutadi. “Dada” haddan tashqari plyuralistik xarakterga ega bo‘lgani sababli aniq ma’noga ega emas. Tsarning fikricha, dada hech narsani anglatmaydi. Dadaizmning yirik vakillaridan biri bo‘lgan G.Grossning ta’kidlashicha, dadaistlar sof nigilistlar bo‘lib, hamma narsani inkor qiladi, ular uchun hech narsa muqaddas emas. Ularning timsoli Yo‘qlik, Bo‘shliq, Tuynuk va hokazo. Dadaizm g‘oyalari negizida ongning erkinlikka intilishi bilan uning erksizligi o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol namoyon bo‘ladi. Dadaizm vakillarining fikricha, ongning erksizligi rasional mantiq va tilning tafakkur ustidan hukmronligi oqibatida ro‘y beradi. Shu tufayli dadaizm aqlsiz, mantiqsiz, tilsiz erkin fikrlash g‘oyasini ilgari surdi. Tsarning fikricha, individning asl mohiyati aqlsiz holatdan keyin qaror topadi”. Dadaizm tarafdorlari har qanday pozitiv siyosiy dasturni inkor etadi. Dadaistlar nazarida, badiiy ijoddagina til va mantiqning tanho hukmronligini bartaraf etish, individual ongsizlikdan ozod bo‘lish mumkin, deb hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56841
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//