Davlat mustaqilligi ramzlari


Saqlash
15:05 / 30.05.2023 0 5744

Davlat mustaqilligi ramzlari – davlat timsollari, ya’ni uning suvereniteti, milliy o‘ziga xosligi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, milliy mafkurasini ifoda etuvchi belgilar, eng muhim hujjatlar, g‘oyalar va tushunchalar. Davlat ramzlari mustaqil davlat timsollari sifatida davlat bayrog‘i, davlat gerbi, davlat gimni, mamlakat Konstitusiyasi, milliy valyutasi, muhim qaror va an’analarida o‘z ifodasini topadi. Davlat mustaqilligi ramzlari davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, ramz yoki timsollardir. Ular mazkur davlatning tuzumi, iqtisodiy asoslari, xalq tabiati – mentaliteti va boshqa muhim belgilarini anglatadi. Davlat ramzlari ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, milliy davlat qurilishi va madaniy rivojlanish tarixi bilan bog‘liq. Masalan, Amir Temur yaratgan markazlashgan davlat o‘zining gerbi – uch halqa shaklidagi tamg‘asi bilan tanilgan. Sohibqiron yurishlarida lashkar oldida uning tug‘i – bayrog‘i olib yurilgan. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari O‘zbekistonning yangi davlat ramzlarida o‘zining yorqin ifodasini topdi. Respublikamizda davlat ramzlari qonun tomonidan muhofaza qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994 yil 22 sentyabrda tasdiqlangan va 1995 yilning aprelidan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga «Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish» deb nomlangan 215-modda kiritilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i, davlat gerbi yoxud davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilgan shaxs jinoiy jazoga tortilishi qayd etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 308
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 414
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 636
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235030
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114319
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68235
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57268
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51633
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40220
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39637
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39527
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//