Daho(lik)


Saqlash
14:05 / 30.05.2023 0 1039

Daho(lik) – favqulodda zehn va zakovat, yuksak tafakkur, eng yuqori va har taraflama rivojlangan iste’dod sohiblariga nisbatan qo‘llanadigan tushuncha. Daholik iste’dodning shunday oliy cho‘qqisi-ki, u tufayli inson har qanday sharoitda o‘zining xatti-harakatini aniq va samarali boshqara oladi, eng zarur paytda eng oqilona fikrni ayta biladi, eng kerakli rejani amalga oshira oladi. Bu ishlarni u hech bir zo‘riqishsiz, shoshilmasdan, bosiqlik, ilhom bilan, ichki quvonch va zavq-shavq bilan bajaradi. Insondagi bunday favqulodda iste’dod odatda muayyan davr talabiga mos ravishda namoyon bo‘ladi. Shu sabab insoniyat tarixida ulkan ahamiyatga ega davrlar daholarga ehtiyoj sezadi va ularni yetishtiradi. Masalan, Uyg‘onish davrida iqtisodiy zarurat, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyoj tufayli F.Petrarka, Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo va boshqa ko‘plab daholarning dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan. Yoxud xalqimiz ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan daho, xalqimiz ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun davrni tashkil etgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkori – hazrat Alisher Navoiyning bunyodkorlik faoliyati, ajdodlarga qoldirgan bebaho merosi butun insoniyat manfaatlariga xizmat qilib, adabiyatga daxldordir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65588
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55336
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49699
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38259
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37070
“Avesto”

//