Davlat tili


Saqlash
16:05 / 26.05.2023 0 308

Davlat tili – har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga kelgan, oʻzlikni anglash, milliy ong va tafakkurning in’ikosi, avlodlar oʻrtasidagi ruhiy-ma’naviy bogʻliqlik vositasi, mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar yakdilligini ifoda etadigan, davlat doirasida va davlatlararo munosabatlarda oʻzaro muloqot vositasi hisoblangan, qonuniy maqomga ega boʻlgan hamda qonun bilan himoyalangan rasmiy til.

 

Davlat tili odatda uch yoʻl bilan belgilanadi:

1) tarixiy an’ana asosida muayyan davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha xalqlar mavjud tillardan birini umum til deb tan oladi. U, koʻpincha, shu davlatdagi koʻp sonli millatning tili boʻladi;

2) hukumat, prezident, parlament yoki rahbar organlari tomonidan xalqaro yoki jahon tillaridan biri davlatning rasmiy tili deb e’lon qilinadi. Davlat organlari, hukumat idoralari va rasmiy tashkilotlarda yozishmalar faqat shu tilda qabul qilinadi yoki joʻnatiladi, shuningdek, barcha muzokara, muhokama, majlis, sessiya, konferensiya, kongress va shu kabi yigʻinlar ana shu rasmiy tilda oʻtkaziladi;

3) davlatning qonun chiqaruvchi organi yoki mamlakat Prezidenti tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalarida qoʻllanilishi shart deb e’lon qilingan til.

 

Angliya, Kanada, Yaponiya, Xitoy, AQSH, Shvetsiya, Norvegiya davlatlarida hech qaysi til davlat tili deb e’lon qilinmagan boʻlsa-da, lekin ularda azaldan mamlakat aholisining koʻp qismini tashkil qilgan xalqning tili davlat tili rasmiy til sifatida tan olingan. Gvineya, Gana, Kongo kabi sobiq mustamlaka davlatlarda rasmiy til sifatida sobiq mustamlakachilar tili, masalan, ingliz yoki fransuz tili qabul qilingan. Har qanday mamlakatda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham oʻzbek tiliga davlat maqomi berilishi jarayoni oson kechmagan. 1989-yil 19-oktabrda qariyb bir asrlik qaramlikdan soʻng mamlakatda oʻzbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Shu tariqa, xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri boʻlmish ona tilimiz oʻzining qonuniy maqomi va himoyasiga ega boʻldi. 1992-yil 7-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizda Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qoʻyildi. Shu tariqa oʻzbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʻi, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:38 / 26.09.2023 0 36
Orfeizm

Qomus

12:28 / 26.09.2023 0 37
Oriyat

Qomus

12:07 / 26.09.2023 0 35
Ongsizlik

Qomus

11:51 / 26.09.2023 0 35
Ong

Qomus

11:29 / 26.09.2023 0 25
Onalik baxti

Qomus

10:24 / 26.09.2023 0 27
Ommaviy madaniyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:36 / 07.12.2021 138 192171
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:05 / 02.12.2021 87 87779
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:57 / 29.12.2021 3 10083
Kompetentlik

Qomus

10:58 / 28.12.2021 4 8686
Manqurt(lik)

Bilasizmi?

11:46 / 11.10.2021 3 6259
Kashtachilik san’ati tarixi haqida bilasizmi?

Bilasizmi?

11:54 / 08.11.2021 1 6024
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya

Hikmat

10:22 / 21.10.2021 0 4853
Til – dil kaliti