Davlat gimni


Saqlash
20:05 / 26.05.2023 0 962

Davlat gimni (yunoncha madhiya qoʻshigʻi) – har bir davlatning maqsad-muddaolarini she’riy matn va musiqa joʻrligida tantanali marosimlarda ijro etiladigan, oʻzining qonuniy maqomiga ega boʻlgan davlat ramzlaridan biri. Davlat gimni shakli va ma’no-mazmunida muayyan davlatda istiqomat qilayotgan millat va elatlar, ijtimoiy guruh va tabaqalar maqsadlari hamda qarashlari aks etadi. Davlat gimni gʻoyaviy yoʻnalishi va aks ettirish vositalari bilan boshqa musiqiy asarlardan farq qiladi. Gimn davlat hayotining barcha sohalarida beqiyos ahamiyat kasb etib, siyosiy tashviqotning muhim vositasi hisoblanadi. Gimnlar tantanali bayramlar, siyosiy chiqishlar, rasmiy davlat qabullari, harbiy paradlar, muhim me’moriy yodgorliklar – haykallarning ochilishi, ahamiyatli mitinglar, tarixiy sanalarga bagʻishlangan yigʻinlar, yirik baynalmilal va milliy qadriyatlarga bagʻishlovlar, turli davlatlar boshliqlarini kutib olish va kuzatish, harbiy qasamyod qabul qilish, xalqaro olimpiada musobaqalari, kinofestivallar oʻtkazish chogʻida ijro etiladi. Davlat gimnining rasmiy tus olib, asta-sekin xalqaro aloqalarning tarkibiy qismi, davlat mustaqilligi va xalq ozodligi ramzi sifatida e’tirof etilishi Buyuk fransuz inqilobi (1789–1793) davrida yaratilgan hamda Fransiyaning davlat gimniga aylangan "Marselyeza" qoʻshigʻi bilan bogʻliq. Hozirgi vaqtda jahonning deyarli barcha mamlakatlari oʻz davlat gimniga ega boʻlib, u davlat mustaqilligi va suvereniteti timsoli hisoblanadi. Oʻzbekiston davlat gimni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan. Uning musiqasini Mutal Burhonov, soʻzini Abdulla Oripov yozgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 485
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 545
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 322
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 299
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109179
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56583
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41861
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41189
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32470
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31321
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31108
Alpomish

//