Davlat gerbi


Saqlash
20:05 / 26.05.2023 0 7018

Davlat gerbi – davlat ramzi; davlatning milliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xususiyatlari va davlat tuzumi, joʻgʻrofiy va boshqa belgilarini shartli ravishda ifodalaydigan tamgʻa – belgi. Gerb davlat muhrida, rasmiy blankalarda, fuqarolik pasportlarida, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida aks ettiriladi. Gerbning barcha xususiyatlari maxsus qonun yoki Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyiladi. Davlat gerbining paydo boʻlish tarixi miloddan avvalgi uchinchi mingyilliklarga borib taqaladi. Masalan, Shumer davlatining gerbida sher boshli burgut, qadimgi Rim davlatinikida burgut rasmi tasvirlangan. Davlat gerbi davlatning oʻziga boʻlgan ishonchini, oʻz mustaqilligini himoya etishga tayyor ekanini, bunyodkorlik maqsadlarini, davlat va jamiyat hayotining turli jihatlarini shartli rasm, belgi tarzida ifodalaydi. Ana shu sababdan turli davlat gerblarida qilich va qalqon, sher yoki burgut, yulduz, paxta, bugʻdoy boshoqlari, quyosh, daraxt, togʻlar va hokazolar tasvirini koʻrish mumkin. Davlat gerbi hukumatning yuqori boshqaruv organlari, Oliy sud, harbiy tribunal, prokuratura, diplomatik, savdo vakolatxonalari va konsullik binolari, sessiya va yigʻinlar oʻtkaziladigan zallar, sud binosi zallari va chegara ustunlarida aks ettiriladi. Oʻzbekiston davlat gerbi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. Davlat gerbini haqorat qilgan shaxs Jinoyat Kodeksiga binoan jazoga tortiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 166
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 261
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 478
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234296
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113503
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68066
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57099
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51465
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39955
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39572
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39456
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//