Geliosentrizm


Saqlash
17:05 / 25.05.2023 0 2276

Geliosentrizm, geliosentrik tizim (yunoncha helios – Quyosh va lotincha sentrum – markaz) – olamning markazida Quyosh turishi toʻgʻrisidagi ta’limot. Bu gʻoya polyak olimi N.Kopernikning "Osmon sferalarining aylanishi toʻgʻrisida" nomli asarida (1543) ilgari surilgan edi. Kopernik nazariyasi dastlab geosentrizm elementlaridan xoli boʻlmagan. Masalan, sayyoralarning bir xil doiraviy harakati, koinotning yagona markazi (Quyosh) mavjudligi toʻgʻrisidagi Kopernik tasavvurlari shundan dalolat beradi. Keyinchalik J.Bruno, I.Kepler, G.Galiley va boshqa tomonidan bu kamchiliklar bartaraf etilgan. Isaak Nyuton asarlarida butun olam tortishish qonuni va mexanika qonunlarining izohlab berilishi tufayli sayyoralar harakatining xususiyatlari tushuntirilib berilgach, geliosentrizm ta’limoti har tomonlama asoslab berildi, shuningdek, Yerning harakatiga doir ishonchli ma’lumotlar, uning muayyan orbita boʻylab harakatlanishi toʻgʻrisidagi dalillar qoʻlga kiritildi. Geliosentrizm va geosentrizm (Yer – koinot markazi, Quyosh va boshqa sayyoralar uning atrofida aylanadi, deb hisoblovchi ta’limot) oʻrtasidagi bahs bir necha asr mobaynida fanda dunyoqarash va mafkuraviy muammo boʻlib keldi. Xususan, katolik cherkovi geliosentrizmni xristian dini aqidalarini inkor etishda aybladi va oqibatda Kopernikning asari ikki asrdan koʻproq davr mobaynida (1616–1822) ta’qib etildi. Geliosentrizm hozirgi zamon astronomiya fani rivojiga ulkan turtki bergan, kishilarning dunyoqarashi va tasavvurlarida tub burilish yasagan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56841
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51278
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39363
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39125
“Avesto”

//