Gandi


Saqlash
16:05 / 25.05.2023 0 937

Gandi, Mahatma (2.10.1869–30.1.1948) – asl ismi Mahatma Karamchand Gandi, Hindistonda milliy ozodlik kurashi rahbarlaridan biri, siyosatchi atoqli mutafakkir. U “Mahatma (Buyuk qalb) taxallusi bilan mashhur. Gandi nomi bilan bogʻliq gandizm ta’limoti Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rasmiy mafkurasi sifatida tan olingan va u hozirga qadar hind xalqi tafakkuriga ijobiy ta’sir koʻrsatib kelayotgan ma’naviy omil hisoblanadi. Hindiston mustaqilligining ashaddiy raqiblaridan biri U.Cherchill Gandiga “Isyonkor faqir” nomini bergan edi. Garchi U.Cherchell mazkur laqab bilan Gandini xalqaro doirada yerga urishni koʻzlagan boʻlsa-da, aslida Gandining “faqir”ligi, kamtarligi, sabr matonati butun hind xalqi ma’naviyatiga ta’sir koʻrsatgan. Mustamlakachilarga qarshi kurashning oʻzi asoslagan madaniy shaklda boshlagan va bu yoʻl butun dunyoda Gandining obroʻ-e’tiborini yuksak darajaga koʻtargan. Gandi tashkil etgan harakat dunyoga zulmu istibdodga qarshi kuch ishlatmasdan, ma’naviy omillarga suyangan holda kurashish va gʻalaba qilish mumkinligini amalda isbotlab bergan edi. Gandichilik Hindiston tarixidagi butun bir davr mazmunini tashkil etadi. Gandi “Satiyagraxa” (“Qat’iylik haqiqatda”, ya’ni “Kuch ishlatmasdan kurashish”) gʻoyasini ilgari surgan. Satiyagraxa ta’limotida axloqiy idealizm va siyosiy pragmatizm bir-biri bilan oʻzaro bogʻlanib ketgan. Zoʻrlikka qarshi sabr-toqat, chidamni tan olmasa-da, unga qarshi barcha vositalarni ishga solish Gandining axloqiy prinsiplariga mos kelmagan. Gandi Hindistonni vayronagarchiliklardan, tanazzuldan, halqning qirilib ketishi va kuchga asoslangan inqilobiy harakatlar natijasida yuz berishi mumkin boʻlgan koʻplab falokatlardan saqlab qolgan edi.

 

Gandi HMK yetakchilaridan farqli ravishda oʻz ta’limotini xalq orasida targʻib etgan, kishilarda yuksak ma’naviy tafakkurni shakllantirishga intilgan edi. Uning targʻiboti oddiy, sodda, barcha birday tushunadigan va biladigan, amal qilish qiyin boʻlmagan tushuncha va harakatlardan iborat edi. U qarshilik koʻrsatishning ikki shaklini talab qilgan – hamkorlik qilmaslik (davlat xizmatidan, birinchi navbatda, armiya, politsiyada xizmat qilishdan bosh tortish, mustamlakachilarning “vakillik organlari”ga saylov va davlat maktablarini boykot qilish, rasmiy sud muassasalarini xususiy hakamlik bilan almashtirish, davlat mukofotlaridan namoyishkorona bosh tortish, chet el mahsulotlari hamda tijorat faoliyatini boykot qilish va boshqalar) va fuqaroviy boʻysunmaslik, ya’ni mavjud qonunlarga amal qilishdan bosh tortish. Bular aslida hech bir – na xorijlik zolim, na mahalliy mazlum hayotiga xavf solmas, ayni vaqtda istibdodga qarshi norozilikni toʻla ifodalay olar edi. Hindiston ikki davlatga boʻlib yuborilgach (1947), Gandi umrining oxirigacha diniy bagʻrikenglik (tolerantlik) uchun kurash olib bordi. Chunki Hindistondagi koʻp dinlilik, aholining turli dinlarga e’tiqod qilishi ma’naviy birlashuv orqali erishilgan gʻalabalarga katta xavf tugʻdirardi. Dinlar bilan bogʻliq ma’naviy tafakkurdagi rang-baranglik, siyosiy-ma’naviy birlikning buzilishi oldini olish bu davrda gandi ta’limotining bosh yoʻnalishiga aylangan edi.

 

Gandi 1948-yil 30-yanvarida hind shovinistik-terroristik tashkiloti “Rasht riya svayam sevak singx” a’zosi N.Godze tomonidan oʻldirilgan. Hindiston tarixida buyuk rol oʻynagan Gandini bekorga “Millat otasi” deb atashmagan. Uning satiyagraxasi etnik, diniy kasta, til, mintaqaviy va bir xalq orasidagi turlicha ma’naviy qarashlar bilan bogʻliq har xil toʻsiqlarni buzib tashlagan edi. Hindiston birligi, istiqlol masalasi Gandining hayoti mazmunini tashkil etgan. Yer yuzida “Sarvadoyya”, ya’ni (“Umumiy farovonlik jamiyati”) qurish satiyagraxa gʻoyasining mohiyatini tashkil etgan. Unda demokratik va gumanistik tamoyillar oʻz ifodasini topgan. Gandining “Sarvadoyya”si mustaqillik uchun kurash gʻoyalari bilan bogʻlangan. Ayniqsa, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatmaslik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, barcha muammolarni muzokaralar orqali hal etish, qisqasi tinch-totuv yashash tamoyillarini anglatadi. Gandi falsafasi muammolarni hal etish vositasi sifatida har qanday urushlarni inkor etadi. Gandi nomi bugungi kunda Hindistonda va butun dunyoda tinchlik, ijtimoiy hamkorlik, dinlararo bagʻrikenglikni anglatadi. Tamaddun kelajagi haqida fikr bildirayotib, mashhur ingliz tarixchi-sotsiologi A.Toynbi: “Dunyoda bir kun kelib urushlar, qirgʻinlar ham barham topadi, Yer yuzi xalqlari orasidagi keskinliklar bir kun kelib ularni oʻz ixtiyorlari bilan faqat bir yoʻlni tanlashlariga majbur qiladi. Bu yoʻl Gandi yoʻli – tinchlik yoʻlidir”, degan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 143
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 390
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 149
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 534
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 954
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218740
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104491
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34160
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27315
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26548
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25141
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24852
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21703
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//