Vorislik


Saqlash
15:05 / 25.05.2023 0 1671

Vorislik (arabcha voris, merosxoʻr, meros qilib oluvchi) — tabiat, jamiyat va inson hayoti hamda tafakkurining doimiy oʻzgarishi, rivojlanishining uzviy bogʻliqligini ifoda etuvchi falsafiy tushuncha. Koʻchma ma’noda vorislik atamasi ajdodlar va avlodlar oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik, ota-bobolar qoldirgan merosga egalik qilish, uni asrab-avaylab, boyitib, kelgusi avlodlarga yetkazib berish jarayonining uzluksizligini anglatib, oʻtmish, bugungi kun va kelajakdagi voqea-hodisalar oʻrtasidagi zaruriy bogʻliqlikni ifoda etuvchi umumfalsafiy tushunchadir. Vorislik oʻtmish merosiga tayangan holda jamiyat taraqqiyotini yuksak bosqichga koʻtarish va bu jarayonning uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Aynan ana shu bogʻliqlik jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti, uning mazmunan takomillashuvini ta’minlaydi. Vorislik jarayonini teran anglash, fan, madaniyat, ma’naviyatning taraqqiyot qonuniyatlarini tahlil qilish, oʻtmishga toʻgʻri va xolisona munosabatda boʻlish imkonini yaratadi. Darhaqiqat, inson bilimi va ma’naviyatining yuksalishi jamiyat taraqqiyotining ilk davrlaridan hozirgi kungacha uzluksiz davom etmoqda. Ana shu jarayon mobaynida inson mukammallashib, koinotni zabt etdi, axborotlashgan jamiyatda oʻz imkoniyatlarini namoyon etib, uning misli koʻrilmagan moddiy va ma’naviy taraqqiyotini ta’minladi. Bu Vorislikning ijobiy xarakterini ifodalaydi. Shu bois, jamiyat hayotining turli sohalarini isloh etish jarayonida vorislikni ta’minlash, saqlash va unga amal qilish beqiyos ahamiyat kasb etadi.

 

Vorislik gʻoyat keng qamrovli tushuncha boʻlib, u birinchidan, bir tarixiy davr doirasidagi avlodlar aro munosabatlarga (gorizontal vorislik) asoslansa, ikkinchidan, turli tarixiy davrlarda yaratilgan moddiy boyliklar, ma’naviy qadriyatlar bogʻliqligi va uzluksizligini ifodalaydi. Keyingi yillarda jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz, ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan bebaho ilmiy, madaniy-ma’rifiy merosni tiklash, asrab-avaylash va boyitish, avlodlar va ajdodlararo vorislikni ta’minlash masalasiga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda. Bu sa’y-harakatlar jamiyati ma’naviyatining yuksalishi bilan birgalikda zamonaviy talablarga javob beradigan barkamol yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish, kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish, vorisiylik rishtalarining yanada mustahkamlanishini koʻzda tutadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51276
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39121
“Avesto”

//