Vesternizatsiya


Saqlash
14:05 / 25.05.2023 0 1617

Vesternizatsiya (inglizcha vestern – Gʻarb) – yevropasentrizm gʻoyasining zamonaviy koʻrinishi boʻlib, insoniyat erishgan barcha yutuqlarni gʻarblashtirish, Gʻarb dunyosining oʻziga xos tafakkuri va turmush tarzi natijasi deb koʻrsatishga urinish, Gʻarb mamlakatlarini ilgʻor va yetakchi kuch, ideal hodisa sifatida targʻib etishga qaratilgan nazariya va amaliyot. Vesternizatsiya tushunchasi ХИХ asrning 50-yillaridan e’tiboran, oshkora aytila boshladi. Bugungi kunda vesternizatsiya tushunchasi "kosmopolitizm" ("jahon fuqaroligi"), "globallashuv", "ommaviy madaniyat" kategoriyalari bilan bir qatorda ishlatilmoqda. Gʻarbda vesternizatsiya siyosatini qoʻllab-quvvatlovchilar ham, unga mutlaqo qarshi boʻlgan guruhlar ham mavjud.

 

ХИX asrga kelib jahonda mustamlakachilik harakatlarining kengayib borishi Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikadagi koʻplab yangi-yangi xalqlarning boʻysundirilishiga olib keldi. Zabt etilgan hududlarda "Yevropa – madaniyatlar oʻchogʻi" degan aqidaga asoslangan yevropasentrizm gʻoyasi, irqchilik va millatchilik avj oldi. Jahondagi barcha xalqlar Gʻarbning dini, ma’naviyati, ma’rifati, urf-odatlari va turmush tarzidan oʻrnak olishi lozim, degan aqida mustamlakachilarning asosiy gʻoyasiga aylandi. Yevropasentrizm gʻoyalari turli hududlarda zoʻravonlik yoʻli bilan tatbiq etildi. Bu gʻoya asosida yevropalashtirish (gʻarblashtirish) jarayoni avj oldi. Gʻarbcha dunyoqarash va turmush tarzi keng targʻib etila boshladi. XIX asrning ikkinchi yarmida dunyo xaritasi iqtisodiy va harbiy jihatdan ustun mamlakatlar va ularga qaram boʻlgan, aholisi qashshoq, mustamlaka oʻlkalarga boʻlinishi ta’sirida Gʻarb xalqlarining boshqa xalqlarga nisbatan ustunligi gʻoyasi ilgari surildi. Bu kabi intilishlar XX asr va ayniqsa, XXI asrning boshlariga kelib yanada avj olib, Gʻarbdagi siyosiy kuch va markazlar Sharq jamiyatlariga "erkinlik va demokratiyani olgʻa siljitish", "adolat va tartib oʻrnatish", "sivilizatsiyaga oshno etish" va "insonparvarlik yordami koʻrsatish" niqobi ostida amalga oshirilayotgan siyosatning asl mohiyati va maqsadlari, avvalo, muayyan mamlakatlarni oʻziga tobe etish, ularning yer usti va yer osti boyliklarini egallab olish, milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo etishga qaratilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//