Vedalar va upanishadlar


Saqlash
18:05 / 24.05.2023 0 6549

Vedalar va upanishadlar – diniy mazmundagi adabiyotlar. Ba’zi taxminlarga koʻra, deyarli toʻqqiz asr (miloddan avvalgi 1500–600-yillar) davomida Hindiston yarim orolida yashab kelgan qadimgi xalq va elatlar tomonidan yaratilgan. Ammo ana shu davrdan keyin ham vedalar va upanishadlarga monand ruhdagi asarlar yaratilgani ma’lum. Vedalar asosan diniy mazmunda boʻlsa-da, ularda qadimgi xalqlarning ma’naviy hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, turmush tarzi toʻgʻrisida muhim ma’lumotlar mavjud. An’anaviy vedalar manbalarini shartli ravishda bir qancha guruhlarga boʻlish mumkin. U dastlab qadimgi Rigveda, ya’ni madhiyalar toʻplami shaklida boʻlib, 10 ming she’rdan iborat, 1028 madhiyani oʻzida jamlagan. Bu madhiyalarda diniy tasavvurlar, jumladan, politeistik – koʻpxudolikka oid qarashlar oʻz ifodasini topgan. Ularda kuylangan Indra – momaqaldiroq va oriylarni dushmanlardan himoya qiluvchi xudo, Surya – quyosh xudosi, Dyaus – falaklar xudosi sifatida gavdalanadi.

 

Vedalarning Rigvedadan keyin shakllangan manbalari Samoveda, Axcharveda va Yachkurvedadir. Vedalar olamning kelib chiqishi, birinchi javhar – substansiya, uning asosida turli jarayonlar, xudolar va butun olamning vujudga kelishi haqida sodda tasavvurlarni ifoda etadi. Bunday jarayonlar mavhum ijodiy kuch-qudrat – Pradjapati ta’sirida roʻyobga chiqadi. Bunday tasavvurlar, ularning mazmun-mohiyati qanday boʻlishidan qat’i nazar, kishilarning kundalik hayotiy kuzatishlari, tajribasi va ularga tayangan umumlashmalar natijasidir. Upanishadlar Veda adabiyotining soʻnggi bosqichini tashkil qiladi. Ba’zi hind an’analariga qaraganda, ular soni 108 ta. Lekin hozirgi vaqtda ularning soni 300 ga yaqin, degan ma’lumotlar ham mavjud. Upanishadlar miloddan avvalgi VII–VI аsrlarda shakllandi. Ularda Brixadaran’yaka, Chxandog’ya, Aytareya, Kena, Kaushtaki kabi falsafiy yoʻnalishlarning ta’siri sezilib turadi. Upanishadlarda olamning butun bir manzarasi tasvirlanmagan boʻlsada, qurbonlik, ilk asos, ruhiy mohiyat, hayotning oʻzgarib turishi (samsara), odamlarning yaxshi va yomon a’mollariga qarab beriladigan nasiba (karma), animistik qarashlar, ruhning koʻchib yurishi (tanosuh), axloqiy me’yor va mezonlar, inson taqdiri kabi qator masalalar boʻyicha qarashlar ilgari surilgan. Upanishadlarning mualliflari aksariyat hollarda jamiyatning quyi tabaqalariga mansub kishilar boʻlgan. Ulаrning hind jamiyatida yuqori maqomni egallab turgan braxmanlarning mavqyeini susaytirishga qaratilgan harakatlari jasorat ifodasi edi. U. Hindistondagi ma’naviy-ruhiy va falsafiy jarayonlarga katta ta’sir koʻrsatgan. Ayniqsa, samsara va karma haqidagi ta’limot koʻpgina gʻoyaviy yoʻnalishlarning asosiy mavzusiga aylangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//