Vaqt


Saqlash
17:05 / 24.05.2023 0 1921

Vaqt – olamning asosiy atributlaridan biri boʻlib, makonning zamonda kechishining asosiy mezoni, bu jarayonning davriyligi va davomiyligi, cheksizligini ifoda etadigan tushuncha. Zamon makonda cheksiz boʻlgani kabi, makon ham zamonda cheksizdir. Vaqt ana shu cheksizlikni aniqlashtirish, uni kun va tun, era, asr, yil, oy, soat, daqiqa va soniyalarga boʻlib tasavvur etishga xizmat qiladi. Vaqt faqat bir tomonga, ilgariga qarab boradi. Uning qaysi nuqtada boʻlgani va qaysi nuqtada yakun topishi – noma’lum. U obyektiv jarayon boʻlib, uni toʻxtatib ham, orqaga qaytarib ham, tezlashtirib ham boʻlmaydi. Vaqt inson umrining mazmunini ham ifoda etadi. Vaqtning obyektiv xususiyatlari inson ma’naviyatining shakllanishiga, uning hayot haqiqatini anglashiga kuchli ta’sir koʻrsatadi. “Vaqt – odil hakam”, “Hammasini vaqt koʻrsatadi”, “Vaqtning oʻzi tarbiyalab qoʻyadi”, “Vaqtdan oʻzib boʻlmaydi” kabi hikmatli soʻzlar ham vaqt mezonini inson hayotida qanchalik katta oʻrin tutishini koʻrsatadi. Vaqt inson uchun eng buyuk qadriyatdir. Jahon tarixidagi buyuk shoir va yozuvchilar, allomalar vaqt insonga kuch-gʻayrat, ezgu ishlarga sarflash, mazmunli umr kechirish uchun berilgan beqiyos imkoniyat ekanini ta’kidlab, uning har bir daqiqasini qadrlashga da’vat etganlar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//