Vafo(dorlik)


Saqlash
17:05 / 24.05.2023 0 2996

Vafo(dorlik) – yuksak ma’naviy fazilatlardan biri hisoblanib, sadoqat, oʻz ahdu paymonida, soʻzda, va’dada qat’iy turishni anglatadigan tushuncha. Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojibning “Turayin, borayin, yurayin, olamni kezayin, olamda vafoli odam boʻlsa, men uni qidirayin” degan soʻzlarida vafodorlikning inson uchun naqadar buyuk qadriyat ekani oʻz aksini topgan. vafodor odam tilini yolgʻon, gʻiybat va boʻhton soʻzlardan saqlaydi. Insonning vafodorligi dilida va tilida birdek namoyon boʻladi. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida vafodorlik, doʻstlik va sadoqat tuygʻulari yuksak darajada ulugʻlanadi. Bu fazilatlar, ayniqsa, Shopur obrazida yaqqol ifoda etilgan. Sohibqiron Amir Temur vafodorlikni gʻoyat qadrlagan. Bu haqda ul zotning oʻzi “Temur tuzuklari” asarida bunday yozadi: “Men har kimgaki va’da bersam, unga vafo qildim, har bir va’daga xilof ish qilmadim. Men doimo va’dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil boʻlishimni va kimsaga jabr yetkazmasligimni angladim”. Vafoli kishi olijanob boʻlib, kishilarni ezgulikka chorlaydi, insonparvarlik yoʻliga da’vat etadi, buning natijasida baxtu saodatga erishadi. Vafoli insonlar har qanday vaziyatda ham bir-biriga sodiq qoladi, bir-biri uchun jon fido etishga ham tayyor boʻladi. Vafodorlik dunyo adabiyotining azaliy va abadiy mavzularidan biri. Yana bir ulugʻ mutafakkir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur bir ruboiysida vafodorlikni shunday ta’riflaydi: “Har kimki, vafo qilsa – vafo topqusidir. Har kimki, jafo qilsa – jafo topqusidir. Yaxshi kishi koʻrmagay yomonlik hargiz, Har kimki, yomon boʻlsa – jazo topqusidir”. Shuningdek, xalq maqollarida ham vafodorlik ulugʻlanadi. Chunonchi, “Va’daga – vafo, vafosizga – jafo”, “Va’da – vafosi bilan goʻzal” kabi maqollar shular jumlasidandir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51276
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39121
“Avesto”

//