Vatanfurushlik


Saqlash
16:05 / 24.05.2023 0 1024

Vatanfurushlik – Vatanga xoinlik qilish, Vatanni sotishni anglatuvchi tushuncha. Bunday harakatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: mamlakat manfaatlariga xiyonat qilish, oʻz shaxsiy manfaatlarini koʻzlab iqtisodiy, siyosiy va boshqa josuslik faoliyati bilan shugʻullanish, dushman tomoniga oʻtib oʻz xalqi, mamlakatiga qarshi kurash olib borish, qoʻporuvchilik ishlari bilan mashgʻul boʻlish va hokazo. Vatanfurushlikning mohiyati vatansizlik, Vatanidan begonalashish kabi hodisalar bilan solishtirilganda yanada yorqin namoyon boʻladi. Vatanfurushlik oʻz yurtining tinch va osoyishta hayotiga, uning ozodligi hamda obodligiga putur yetkazish, sha’ni va obroʻsini nafaqat mamlakatda, balki jahon miqyosida poymol qilish bilan barobardir. Vatanfurushlik davlat va jamiyatning barqaror taraqqiyotiga tahdid sifatida ham pinhona, ham oshkora tarzda namoyon boʻlishi mumkin. Vatanfurushlikning koʻpgina sabablari boʻlib, ulardan asosiysi boylikka, pulga ruju qoʻyib, Vatan manfaatlariga xiyonat qilishdir. Vatanfurushlik har qanday holatda ham ogʻir jinoyat hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa salohiyati, davlat xavfsizligi yoki hududiy daxlsizligi, suverenitetiga zarar yetkazish, dushman tomonga oʻtish, josuslik qilish, davlat va harbiy sirlarni oshkor etish, mamlakatimizga qarshi dushmanlik faoliyatini olib borish – bularning barchasi vatanfurushlikning koʻrinishlaridir. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida bunday jinoyatlar davlatga xoinlik sifatida ta’riflanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51276
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39121
“Avesto”

//