“Buyuk tomoshadan so‘ng ham parda tushiriladi”


Saqlash
17:11 / 09.11.2021 0 1323

Chingiz Aytmatov

 

·        Koinot miqyosida olganda, inson umri – pashsha umriday gap. Biroq insonga tafakkur ato qilinganki, shu narsa uning umrini uzaytiradi.

 

·        Inson qalbi – jumboq to‘la quticha.

 

·        Hokimiyat bu – boltaning tig‘i, demokratiya – boltaning sopi. Lekin hech qachon unutmaslik kerakki, bolta sopini xalq o‘zining qudratli qo‘llarida tutib turadi.

 

·        Biz biror dahoning qayerda tug‘ilganiga qarab uning qaysi millatga mansub ekanini aniqlashga kirishamiz. Har bir tadqiqotchi uni o‘z tomoniga tortqilaydi... Bobolarimiz Turkiston deb atalmish umumiy uyda yashagan, bitta tilda so‘ylashib, bitta tilda yozgan bo‘lsa, xo‘sh, nima uchun biz yo‘q joydan muammo chiqarib, boshimizni og‘ritishimiz kerak ekan? Bunday asossiz bahs-munozaralarning kimga keragi bor? Nima uchun boy va murakkab merosimizni birgalikda sinchiklab o‘rganish borasida hech kim bosh qotirmaydi?! Yoki bu hol imperiya davridan qolgan “bo‘lib tashlab, hukmronlik qilaver!” degan g‘oyaning uzviy davomimikan?..

 

·        Xalqning umrboqiyligi – uning tili bilandir.

 

·        Vatanni bir yoqqa olib ketib bo‘lmaydi. Faqat sog‘inch-u armonimizni olib ketamiz. Agar vatanni xurjun kabi olib yurish mumkin bo‘lganda, u sariq chaqaga ham arzimasdi.

 

·        Xudoga muhabbat bilan to‘lmagan dil illatlarga to‘ladi. Insonga muhabbat ila limmo-lim bo‘lmagan dil ham vovaylokim, o‘likdir.

 

·        Har qanday, hatto buyukdan-buyuk tomoshadan so‘ng ham

parda tushiriladi.

 

“Tafakkur” jurnali, 2018-yil 3-son

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58511
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41522
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40139
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//