Vatanparvarlik


Saqlash
16:05 / 24.05.2023 0 7458

 

Vatanparvarlik – Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yoʻlida fidoyilik koʻrsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch-gʻayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan tushuncha. Vatanparvarlik nihoyatda serqirra tushuncha boʻlib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, yangicha ma’no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatan manfaati, qadr-qimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat tuygʻusi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuygʻusi shuncha yuksak boʻladi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy taraqqiyotning turli bosqichlarida vatanparvarlikning yangi-yangi qirralari namoyon boʻlib boradi. Haqiqiy vatanparvarlik Vatanga, ona zaminga, oʻz xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yoʻlida tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati tugʻilganda jonini fido qilishni nazarda tutadi. Har jabhada Vatanimiz erishayotgan muvaffaqiyatlardan quvonish, ogʻir kunlarida uning uchun qaygʻurish, oʻz yurti bilan gʻururlanish, uning har bir qarich yeri, har bir gʻishti va giyohiga, qadimiy va zamonaviy obidalari, ilm-fan va san’atdagi yutuqlarini, moddiy va ma’naviy boyliklarini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash – bularning barchasi vatanparvarlikdir.

 

Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuygʻusini kamol toptirish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Inson oʻz yurtini qanday boʻlsa shundayligicha sevishi, uning rivoji uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Vatanparvarlik kishilarda asosan uch bosqichda namoyon boʻladi: 1) bilish – Vatan tushunchasiga xos qadriyatlarni egallash; 2) e’tiqod – mazkur qadriyatlar toʻgʻrisida olgan bilimlarini e’tiqodga aylantirish; 3) harakat – bu e’tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//