Bo‘hton


Saqlash
16:05 / 23.05.2023 0 1264

Bo‘hton (arabcha yolg‘on, tuhmat) – yuksak ma’naviyat tamoyillariga mos kelmaydigan, birovni ayblash yoki qoralash maqsadida o‘ylab chiqarilgan asossiz da’vo yoki tuhmatni ifodalaydigan tushuncha. Bo‘hton shaxs, guruh, millat, jamiyat, davlat obro‘-e’tiborini tushirish maqsadida shaxs yoki guruh tomonidan uyushtiriladigan yolg‘on yoki tuhmat, asossiz ma’lumot tarqatishni anglatadi. Bo‘hton orqali kishilar o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketadi, janjalli holatlarda o‘zaro dushmanlik vujudga keladi. Biroq, bo‘hton qilish shaxsning fe’l-atvoriga xos baxillik, hasadgo‘ylik, ko‘ra olmaslik, ochko‘zlik, xudbinlik, manfaatparastlik kabi illatlar bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi ham mumkin.

 

Ijtimoiy munosabatlarda yuzaga keladigan har qanday nizo va kelishmovchilikning o‘ziga xos sababi bo‘lgani kabi bo‘htonning ham muayyan sabablari bor. Shu jihatdan qaraganda, bo‘htonni bir necha turlarga bo‘lish mumkin: shaxs yoki guruh tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘ra olmaslik, o‘zini o‘sha guruh yoki shaxsga qarama-qarshi qo‘yish oqibatida vujudga keladigan bo‘hton – bunday bo‘hton ko‘pincha g‘iybat, fisqu fasod tarqatish shaklida namoyon bo‘ladi. Shaxsning o‘zini himoya qilishga intilishi zamirida vujudga keladigan bo‘hton janjalli hollarda qarama-qarshi tomon dalillarini isbotlash qiyin bo‘lib qolgan vaziyatlarda o‘zini oqlash maqsadida to‘qib chiqarilgan yolg‘on ma’lumotlarga asoslanadi. Bo‘htonning bu ko‘rinishi amaliyotda, ayniqsa, sudlov jarayonida ko‘p kuzatiladi; ma’lum bir shaxs yoki guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlarni yo‘qqa chiqarish maqsadida qilinadigan hujumkor bo‘hton. Bunday bo‘hton raqib tomonning qilgan ishlarini salbiy nuqtai nazardan baholash orqali o‘zining muayyan manfaatini qondirish maqsadida amalga oshiriladi.

 

Bo‘hton, shuningdek, shaxs yoki guruhni qilinmagan amaliy xatti-harakatlar yoki aytilmagan mulohazalar uchun ayblash tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘tgan asrning 30-yillarida sho‘ro hukumati tomonidan ko‘plab o‘zbek ziyolilarining millatchilik va ayirmachilikda ayblanishi bo‘hton kabi ma’naviy illatlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir oz farqlanadi. Gʻiybat shaxs yoki guruhning ortidan salbiy sifatlashni anglatsa, tuhmat gumon asosida qilingan yoki qilinmagan ish-harakat, aytilgan yo aytilmagan fikr-mulohazaning birovga qaratilishini bildiradi. Bo‘hton esa umuman qilinmagan ish-harakat yoki mulohazada to‘g‘ridan-to‘g‘ri, begumon ayblashni bildiradi. Sa’diy Sheroziyning “Qo‘li qisqa hasadchi qilur g‘iybat, qilu qol, // Chunki kelsa ro‘baro‘, tili bo‘lur gungu lol”, ya’ni “... hunarsizlar iste’dodli odamlarni yomon ko‘radi”, ... shunga o‘xshash, razil odamlar ham yaxshilik qilishda biror kishi bilan bellasha olmaganlaridan keyin, g‘iybat, bo‘hton qilishga kirishadi. Fisqu fasod va bo‘htonni xalqimiz azaldan ma’naviyatga zid, inson nomiga nomunosib eng yaramas illat sifatida qoralab keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 468
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 528
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 312
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 295
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227086
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109151
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56505
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41750
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41150
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32430
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31306
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31054
Alpomish

//