Bo‘sh vaqt


Saqlash
15:05 / 23.05.2023 0 4730

Bo‘sh vaqt – vaqt shakllaridan biri bo‘lib, kishining ishdan tashqari vaqtining bir qismi, uning jismoniy yoki aqliy mehnat bilan shug‘ullanmaydigan, ba’zida esa jismonan va ruhan hordiq olish uchun ajratadigan vaqtni anglatuvchi tushuncha. Bo‘sh vaqt shaxsning har tomonlama takomillashuvi, dam olishi, o‘qishi, umuman, o‘zining bilim darajasini, ishlab chiqarish malakasini oshirish uchun, jamoat ishi, jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari va boshqa ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadigan ishdan tashqari vaqtidir. Bo‘sh vaqt kuch-quvvatni tiklashga, jismoniy va ma’naviy taraqqiyotga, shuningdek shaxsning o‘z ustida ishlashiga, madaniy hordiq chiqarishiga, ijtimoiy-siyosiy faollik ko‘rsatishiga, havaskorlik faoliyatiga sarf qilinadi. Bo‘sh vaqt passiv hordiq – “hech narsa qilmaslikni” ham o‘z ichiga oladi. Bo‘sh vaqtning ijtimoiy qadriyat sifatidagi salmog‘i uning hajmi, tizimi va mazmuni bilan o‘lchanadi. Keyingi davrlarda bo‘sh vaqt hajmi o‘sib bormoqda. Bu o‘sish mehnatda texnikadan keng foydalanish, maishiy ehtiyojlarga (yo‘lga, uy ishlariga, bolalar tarbiyasiga va boshqalar) sarflanadigan vaqtning qisqarib borayotganligi bilan belgilanadi. Bo‘sh vaqt masalasi sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bilan uzviy bog‘liq.

 

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, mamlakatimizda ko‘plab teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, turli madaniy-maishiy to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Lekin mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish har bir kishining o‘ziga, uning dunyoqarashiga bog‘liq. Kishi bo‘sh vaqtga bekorchi vaqt deb qaramasligi, uni faqat maishat, behuda ko‘ngilxushlik bilan o‘tkazmasligi lozim. Oilada, avvalambor, bo‘sh vaqtni rejali tashkil qila bilish kerak. Unda madaniy-maishiy muassasalarga borish, kitob mutolaa qilish, sport bilan shug‘ullanishga alohida o‘rin ajratish zarur. Ijodiy mehnat qilish, malaka, ilmiy-madaniy saviyani oshirish, adabiyot va san’at bilan shug‘ullanish bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishning asosiy omilidir. Ayniqsa, oilada bolalar ning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishga alohida e’tibor berish zarur. Ularning bo‘sh vaqtini noto‘g‘ri tashkil qilinishi turli ijtimoiy xavf-xatarlar: bezorilik, ichkilikbozlik, jinoyatchilikning o‘sishiga olib kelishi mumkin. Bolalarni turli to‘garaklarga, jamoat ishlariga jalb qilish, qiziqarli, mazmunli o‘yinlar bilan band etish, badiiy kitoblar o‘qishlariga ahamiyat berish lozim. Umuman, bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish turmushning mazmunli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//