Bo‘lib tashlab, hukmronlik qilish


Saqlash
15:05 / 23.05.2023 0 979

Bo‘lib tashlab, hukmronlik qilish – g‘arazli geosiyosiy va geostrategik maqsadlarga erishishda qo‘llanadigan usul va tamoyillardan biri. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy yo‘li biron-bir mintaqa yoki mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarishdir. Bunda, birinchidan, muayyan shaklda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatish orqali aholining mavjud holatdan noroziligini uyg‘otish, ikkinchidan, o‘z nog‘orasiga o‘ynaydigan muxolifatchi kuchlarni yuzaga keltirish yo‘li bilan siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarish, uchinchidan, “mamlakatda so‘z, matbuot, siyosiy erkinliklar yo‘q” qabilidagi tuhmatdan iborat mafkuraviy tazyiq o‘tkazish usullari qo‘llanadi.

 

O‘zbekiston misolida bunday holat ba’zi xorijiy OAVning mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy islohotlar haqida noto‘g‘ri axborot tarqatishi orqali jahon jamoatchiligida haqiqatga zid tasavvurni shakllantirish yo‘lidagi xatti-harakatlarida yaqqol ko‘rinadi. Muayyan mintaqaga nisbatan olib qaraganda, mazkur tamoyil ushbu hududda hukmronlik qilishga da’vo qilayotgan davlat borligini “asoslash”, ta’bir joiz bo‘lsa, shunday davlat timsolini yaratish yo‘lidagi urinishlarda namoyon bo‘ladi. Bunday g‘arazli intilishlar Yer yuzining turli nuqtalarida har xil ko‘rinishdagi nizolarni, davlatlararo munosabatlarda esa tanglikni yuzaga keltiradi. Natijada, mamlakatlarning moddiy-moliyaviy, ma’naviy-intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilish o‘rniga ana shu “obraz” ta’sirining oldini olishga yo‘naltiriladi. Shu tariqa asosiy maqsadga, ya’ni muayyan davlatni yakkalash, uni zaiflashtirib, o‘z “ittifoqchi”siga aylantirishga erishiladi. “Bo‘lib tashlab, hukmronlik qilish” tamoyilini amalga oshirishning yana bir yo‘li – xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida noto‘g‘ri, noxolis tasavvurlarni shakllantirishdir. Ayni paytda bu yo‘lda diniy omildan, ya’ni go‘yoki e’tiqod erkinligi buzilayotgani to‘g‘risidagi soxta ma’lumotlarni tarqatish usulidan foydalanishga urinishlar ham kuzatilmoqda. Bularning barchasi “maqsad vositani oqlaydi” degan aqida g‘arazli geostrategik g‘oyalar va manfaatlarni ro‘yobga chiqarishning asosiy qoidasiga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 394
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 610
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230070
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111002
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61671
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50846
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 46273
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37932
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35985
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32895
Kompetentlik

//