Buyuk davlatchilik shovinizmi


Saqlash
15:05 / 23.05.2023 0 1093

Buyuk davlatchilik shovinizmi – bir davlatning boshqa davlat yoki davlatlar ustidan siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va harbiy hukmronligini o‘rnatishga qaratilgan nazariya va amaliyot. Xususan, XVIII–XIX asrlarda Gʻarbiy Yevropa va Rossiya imperiyasining hukmron doiralari boshqa davlatlarga nisbatan ana shunday siyosat olib borganlar. Buyuk davlatchilik shovinizmi Avstriya-Vengriya imperiyasi, Turkiya sultonligi siyosatida ham kuchli bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniya fashizmi ana shunday siyosat yuritib, nemislar “oliy” irqqa mansub millat sifatida jahondagi barcha xalqlar ustidan hukmronlik o‘rnatishi kerak, deb da’vo qilgan. Urushdan keyingi davrlarda ham bir qancha mamlakatlar tomonidan buyuk davlatchilik shovinizmi siyosati xilma-xil ko‘rinishda olib borilmoqda. Buyuk davlatchilik shovinizmi g‘ayriinsoniy xususiyatga ega bo‘lib, boshqa xalqlarni qaram qilish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotda ularni kamsitishning o‘ziga xos shaklidir.

 

Tarixning dalolat berishicha, iqtisodiy imkoniyatlari zaiflashgan, ijtimoiy totuvlik mustahkam bo‘lmagan, ichki ziddiyatlar kuchaygan, Vatan, millat taqdiridan o‘zining shaxsiy va tor guruhiy manfaatlarini ustun qo‘yadigan, hokimiyatga da’vogarlik qilishda o‘zaro kelisha olmayotgan siyosiy kuchlarning mavjud muammolarni tashqi kuchlar yordamida hal qilishga urinishi, shuningdek, ma’naviy-ruhiy parokandalik, ertangi kunga ishonchsizlik kuchayishi natijasida ayrim mamlakatlar buyuk davlatchilik shovinizmi ta’siriga tushib qoladi. Buyuk davlatchilik shovinizmi hamisha kuch ishlatishga, harbiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, mafkuraviy tazyiqqa, zo‘ravonlikka asoslangani uchun ham millatlar va davlatlararo munosabatlarda ishonchsizlik va dushmanlik kayfiyatlarining chuqur ildiz otishiga sabab bo‘ladi. Uning salbiy oqibatlari faqat shu bilan cheklanmaydi. Shu tariqa, davlat ichki ziddiyatlar bo‘hroniga duchor bo‘lib, halokatta yuz tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zgalarni qaram qilgan xalqlar, davlatlarning o‘zlari ham hech qachon ozod va erkin bo‘lolmaydi. Biroq, jahonning ayrim hududlarida yuz berayotgan voqealar bu tajribadan dunyodagi ayrim siyosiy doiralar va kuchlar hali ham tegishli xulosa chiqarib olmaganidan dalolat beradi.

 

Bugungi kunda shovinistik kuchlar, birinchidan, mamlakat aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, ikkinchidan, mintaqa davlatlari ichida ziddiyatlarni yuzaga keltirish, uchinchidan, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida voqelikka zid, noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllantirishga harakat qilmoqda. Bu yo‘lda ular xilma-xil usul va vositalardan foydalanmoqda. Shuning uchun Buyuk davlatchilik shovinizmini jaholatning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tavsiflash mumkin. Unga qarshi ma’rifiy yo‘l bilan kurashish mumkin. Bunda xalqaro hamjamiyat, jumladan, uning teng huquqli a’zosi bo‘lgan har bir davlat bilan o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shundagina mintaqamiz hech qachon sivilizatsiyalar to‘qnashmaydigan, balki ular bir-biriga ijobiy ta’sir etib, bir-birini boyitadigan makonga aylanadi. O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati ana shu maqsadga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 32
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 27
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 102
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 198
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 516
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 934
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218675
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104453
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33614
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27251
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26271
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24766
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24730
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21624
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//