Bunyodkorlik


Saqlash
14:05 / 23.05.2023 0 2919

Bunyodkorlik – bunyod etish, yaratuvchilik, ijodkorlikni anglatuvchi tushuncha. Jamiyat taraqqiyotining tub burilish davrlarida, o‘zgarish va islohotlarni amalga oshirish jarayonida bunyodkorlikning yaratuvchanlik, xalqni birlashtirish va ezgu maqsadlar sari safarbar etish imkoniyatlaridan samarali foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi istiqlol davri va mustaqillikni mustahkamlash jarayonida Vatanni sevish, yurt tinchligini asrash, xalq farovonligi yo‘lida kurashish, ezgu amallar va savob ishlarni amalga oshirish – mamlakatimizdagi bunyodkorlikning ma’no-mazmunini belgilaydi. Tarix ham, bugungi hayotimiz ham o‘z g‘arazli maqsadlariga erishish uchun yuksak g‘oyalarning joziba kuchidan foydalanishga urinuvchi yovuz kuchlar hamma zamonlarda bo‘lishini ko‘rsatadi. Qabih niyatli kuchlarning asl niyatlarini fosh etishda bunyodkor g‘oyalar asosidagi e’tiqod va dunyoqarashning ahamiyati katta. Bunyodkorlik bunyodkor g‘oyalar ta’sirida vujudga keladi. Bunyodkor g‘oyalar ta’sirida inson ezgulikka yetishish, millatlar va davlatlar esa ozodlik va mustaqillikka erishish uchun intiladi, adolat va haqiqat tantanasi yo‘lida kurashadi, buyuk tarixiy g‘alabalarni qo‘lga kiritadi. Bunyodkor g‘oyalar” tushunchasi nazariy jihatdan asoslab berilgan. Bunyodkor g‘oyalar jamiyat va odamlar, turli guruh va qatlamlar, millat va davlatlarni taraqqiyot sari yetaklaydi, xalqni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undaydi. O‘zida gumanizm talablarini aks ettiradigan, inson kamolotiga, jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga, xalqning iroda va intilishlariga xizmat qiladigan, uni jipslashtirib, oliy maqsadlarga safarbar etadigan g‘oyalar bunyodkor g‘oyalardir. Ular insonning ichki yaratuvchanlik mohiyati, ijodkorlik tabiatidan kelib chiqadi, odamlarni komillik va fozillik sari undaydi, imon-e’tiqodini mustahkamlaydi, hayotiga ijobiy mazmun baxsh etadi. Bunyodkor g‘oya insonni ulug‘laydi, uning ruhiga qanot bag‘ishlaydi.

 

Sohibqiron Amur Temurning parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g‘oyalar asos bo‘lgan. O‘zbekiston xalqining milliy mafkurasi bunyodkor g‘oyalar tizimidan iborat. Bu g‘oyalar sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, yangicha e’tiqod va dunyoqarash egalarini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari hamda imkoniyatlari evaziga erishishidir. Mustaqillik milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analar, ma’naviyatni tiklab, odamlarimiz qalbida milliy g‘urur va iftixor hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini kamol toptirishga zamin yaratdi. Shuningdek, mustaqilligimizning o‘ziga xos mafkurasiga aylangan milliy g‘oya ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelgan millatimiz ma’naviyati sarchashmalaridan, butun insoniyat to‘plagan tajriba va qadriyatlardan oziq oladigan bunyodkorlikni o‘zida ifodalaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 133
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 101
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 557
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 522
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225755
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108258
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55907
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41299
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40620
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31897
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30986
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30642
Alpomish

//