Aql yoshda emas!


Saqlash
16:08 / 09.08.2021 0 1535

* * *
Ibn Sino 4 yoshida Qur’onni to‘la yod olgan.


* * *
Alisher Navoiy 6 yoshidan she’rlar yoza boshlagan va Farididdin Attorning mashhur yirik asari “Qush tili” (“Mantiq ut-tayr”)ni to‘la yoddan bilgan.


* * *
Buyuk Sohibqiron Amir Temur juda yoshligidanoq fe’l-atvorida hukmdorlik belgilari zohir bo‘la boshlagan.


* * *
Zahiriddin Muhammad Bobur 12 yoshida podsho bo‘lgan.


* * *
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini 27 yoshida yozib tugatgan.


* * *
Usmon Nosirning birinchi kitobi 20 yoshida chiqqan.


* * *
Abdulla Qodiriy 28 yoshida “O‘tkan kunlar”ni yozib, e’lon qilgan.


* * *
Hamid Olimjon 35 yoshida halok bo‘lgan. Lekin shu yoshga qadar, uning nomi mangulikka yozildi.


* * *
Chingiz Aytmatov 5 yoshida tarjimonlik qilib, haq olgan.


* * *
Atoqli nemis shoiri Gyote 9 yoshida nemis, lotin va yunon tillarida she’rlar yozgan.


* * *
Mashhur rus bastakori Sergey Prokofev 5 yoshida birinchi musiqiy asarini yozgan, 9 yoshida esa «Pahlavon» nomli opera muallifi bo‘lgan.


* * *
Rus yozuvchisi Lev Tolstoy 11 yoshida Moskva Kremli to‘g‘risida birinchi ocherkini ijod qilgan.


* * *
Atoqli bastakor Motsart o‘zining birinchi musiqiy asarini 3 yasharligida, ilk operasini esa 12 yoshida bastalagan.


* * *
Rus mo‘yqalam daholari Ilya Repin, Valentin Serovlar ijodlarini 4 yoshdayoq boshlashgan.


* * *
Aleksandr Pushkin «Ruslan va Lyudmila» nomli mashhur poemasini 17 yoshida yozib tugatgan. Fridrix Shiller esa shu yoshga ham yetmay dunyoga mashhur «Qaroqchilar» pesasini yozgan.


* * *
Paskal 15 yoshida birinchi ilmiy ishini himoya qilgan.


* * *
Mixail Sholoxov o‘zini dunyoga tanitgan «Tinch Don» romanining birinchi jildini yozib tugatganida 23 yoshga to‘lmagan edi.


* * *
Mixail Lobachevskiy 23 yoshida matematika fanlari bo‘yicha professor bo‘lgan edi.


* * *
Angliyalik fizik, professor U.Lorens Bregg (1890-1970) esa 25 yoshida olimlardan eng yosh Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 46
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 231
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 521
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219187
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104700
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 35346
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27552
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 27483
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 26663
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 25379
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 22638
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//