Bidʼat


Saqlash
17:05 / 18.05.2023 0 1102

Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish niqobi ostida uni buzishga harakat qilish, dindorlarni chalgʻitish, toʻgʻri yoʻldan adashtirish tarzida tushunilgan.

 

Hozirgi vaqtda eski urf-odat, rasm-rusum sifatida talqin etiladi. Maʼlumki, islom arab boʻlmagan mamlakatlarga joriy etilganda, mahalliy xalqlarning urf-odatlari, dunyoqarashiga muayyan darajada moslashtirilgan edi. Chunonchi, ajdodlar mozorlarini ziyorat qilish, duoi fotiha oʻqish savob ish sanaladi. Ammo XX asrning soʻnggi choragida avj olgan aqidaparast oqimlar, masalan, vahhobiylik bunday amallarni bidʼat (gunoh) deb hisoblaydi. Ular tasavvuf va tariqatni, umuman, ular nazarida Qurʼon va Sunnatga asoslanmagan har bir narsani bidʼat deb biladi. Biroq diniy ulamolar islomga quvvat beradigan, uning maʼrifiy takomiliga xizmat qiladigan yangiliklarni maʼqullaganlar. Shu asosda “joiz yangilik” va “nojoiz yangilik” tushunchalari kelib chiqqan. Bidʼat tushunchasi diniy fundamentalizmning tayanchlaridan biridir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51275
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39120
“Avesto”

//