Begʻaraz(lik)


Saqlash
16:05 / 18.05.2023 0 1175

Begʻaraz(lik) – 1) shaxsning maʼnaviy qiyofasiga xos xususiyat, kamtarlik, boshqalarning hayotiga aralashmaslik, oʻzgalar maqsadlariga xalal bermaslik, xususiyatlariga, hasad, koʻra olmaslik, baxillik, buzgʻunchilik, oʻgʻirlik, gʻiybatchilik, manfaatparastlik va boshqa shu kabi illatlardan xolilik sifati;

 

2) bir inson tomonidan boshqa bir insonga ezgu, xolis niyat bilan qilinadigan moddiy, maʼnaviy yoki boshqa biror bir turdagi yordam, koʻmagi evaziga hech qanday qaytimga umidvor boʻlmasligi, taʼma qilmasligini bildiruvchi tushuncha. Begʻarazlik xalqimiz tarixida azaldan muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Eng koʻhna bebaho yodgorligimiz Avestoda ifodalangan “Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal” tamoyilida begʻarazlik gʻoyasi tajassum topgan. Xalqimiz orasida keng tarqalgan Hotamtoy timsolida ham begʻaraz inson fazilati namoyon boʻladi. Yurtimizda yashab, ijod etgan koʻplab allomalarning hayot tarzi, begʻarazlikning yorqin timsolidir. Oʻrta asrlarda juda mashhur boʻlgan javonmardlik tariqatida begʻarazlik, saxovatpeshalik gʻoyat muhim mazmun kasb etgan. Begʻarazlik shuningdek, guruh, tashkilot, korxona, jamiyat, davlat faoliyatida moddiy yoki maʼnaviy yordamga muhtoj kishilarga koʻmak berish orqali namoyon boʻladi. Masalan, mustaqillik yillarida mamlakatimiz tomonidan moddiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan yoki tabiiy ofatdan zarar koʻrgan qoʻshni respublikalarga moddiy yordam koʻrsatish, jahondagi turli davlatlarga BMT, UNESCO, AYSESCO, Qizil yarim oy va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, boshqa davlatlar tomonidan moddiy va maʼnaviy koʻmak uyushtirilishi begʻarazlikka misol boʻla oladi. Shu maʼnoda, begʻarazlikni insonlar yoki jamiyatlarga xos ijobiy sifatlarni yaxlit holda ifodalaydigan tushuncha sifatida taʼriflash mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51275
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39120
“Avesto”

//