Begʻamlik. Beparvolik


Saqlash
15:05 / 18.05.2023 0 5567

Begʻamlik – beparvolik, loqaydlik maʼnosini anglatadi. Bunday kishilar turmushda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarning yechimini izlashga intilmaydi, hamisha begʻam, betashvish yashashni koʻzlaydi. Ammo yuksak axloqli va odobli inson odamlarga va jamiyatga nisbatan beparvo boʻlishi, begʻam boʻlishi mumkin emas. Begʻamlik kayfiyati oxir-oqibat tevarak-atrofdagilarga, jamiyatga moddiy va maʼnaviy zarar keltirishi, mavjud muammolarning yanada keskinlashuviga olib kelishi mumkin.

 

Beparvolik (befarqlik, eʼtiborsizlik, loqaydlik) – kishidagi oʻzgalar hayotiga, atrof-voqelikka eʼtiborsizlik, loqaydlikni anglatuvchi tushuncha. Ayniqsa, davlat va jamiyat hayotida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlayotgan, Vatan taqdiri hal boʻlayotgan pallalarda kishilardan yuksak faollik, masʼuliyat talab qilingan sharoitdagi befarqlik nafaqat illat, balki jinoyat hamdir. Bugungi kunda ham Oʻzbekiston kelajagini gʻayrat-shijoatlari, irodasi baquvvat, iymon-eʼtiqodi but, Vatan taqdiriga befarq boʻlmagan insonlarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Birovning hayotiga, yon-atrofda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarga betaraf va beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi boʻlib yashaydigan odamdan qoʻrqish kerak. Ulardan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. Chunki ularda na iymon, na iroda boʻladi. Ular hatto oʻz xalqi va Vatani taqdiriga ham bamisoli begona odamdek qaraydi.

 

Azaldan maʼlumki, beparvo odam dushmandan ham xavfliroqdir. Chunki dushmanning kimligi, asl qiyofasi siz uchun oldindan maʼ lum boʻladi. Biroq loqayd va beparvo odamning qiyofasini birdaniga bilib boʻlmaydi. Shuning uchun u ichingizda yurib, sizga qarshi tish qayraydigan dushmanlar uchun imkoniyat yaratib beradi. Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahlil etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilgan: “Dushmanlardan qoʻrqma – nari borsa, ular seni oʻldirishi mumkin. Doʻstlardan qoʻrqma – nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qoʻrq – ular seni oʻldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli Yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir boʻlaveradi”. Demak, beparvolik – irodasi zaif, qatʼiyatsiz odamlarga xos boʻlib, insonni maʼnaviyatdan, umuman insonlik martabasidan mahrum etadigan illatdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//