Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya


Saqlash
11:11 / 08.11.2021 1 4025

 

Deyarli har birimizning ma’lum bir qo‘rquvni ifodalaydigan fobiyalarimiz bor va ular o‘zlarini turli xil hayotiy vaziyat va sharoitlarda namoyon etadi.  Ba’zan fobiyalar yo‘q bo‘lib ketadi, ba’zan esa ular kuchayib boradi.

O‘n yil avval fan 300 dan ortiq fobiyani bilar edi. Bugungi kunda ularning soni 1000 dan oshdi. Sputnik Armaniston turli mamlakatlardan kelgan 20 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va ayollar o‘rtasida eng keng tarqalgan 10 ta fobiyani tuzish uchun so‘rov o‘tkazdi. Unga ko‘ra, quyidagi fobiyalar insonlarda ko‘p uchrashi aniqlangan:

1. Aviafobiya yoki aerofobiya

Uchishdan qo‘rqish. Ko‘p odamlar uchishni yaxshi ko‘radi. Biroq parvozdan oldin yoki parvoz paytida vahimaga tushadiganlar ham yo‘q emas. Boisi balandlikda parvoz qilish hamma uchun barobar yoqimli emas. Hatto eng tajribali uchuvchilar ham parvoz paytida biroz asabiylashishi mumkin.

Albatta, bu holat yo‘lovchilarning qolgan qismiga ham ta’sir qiladi. Aeroportga kirishdan qo‘rqish va samolyotni ko‘rganda vahimaga tushish aerofobiya borligidan dalolat beradi.

Agar siz o‘zingizni shunchaki noqulay his qilsangiz demak bu o‘zini saqlab qolish instinkti kuchli ekanidan dalolat.

2. Klaustrofobiya — tor va yopiq joylardan qo‘rqish

Keng tarqalgan fobiyalardan biri. Klaustrofobiya — tor va yopiq joyda bo‘lgan odam endi bo‘g‘ilib o‘laman, deb o‘ylay boshlaydi. Nafas olishni yengillashtirish uchun ko‘ylagini, galstukini, kurtkasini oldini ochishga harakat qiladi.

Bu liftda, kichkina xonada yoki hatto olomon jamoat transportida sodir bo‘lishi mumkin. Klaustrofobiya balandlik, chuqurlik, qorong‘ulik va ochiq joylardan qo‘rqishni o‘z ichiga olgan fazoviy fobiyalardan biridir.

3. Akrofobiya — balandlikdan qo‘rqish

So‘rov davomida ko‘pchilik balandlikdan qo‘rqayotgani ma’lum bo‘ldi. Masalan, turar-joy binosining o‘ninchi qavatida bo‘lgan odam o‘zini yomon his qiladi: boshi aylanadi, qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi, shuningdek yiqilib tushmaslik uchun nimanidir ushlamoqchi bo‘ladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, akrofobiya nevrozning yengil darajasi hisoblanadi.

4. Tanatofobiya - o‘lim qo‘rquvi

Bu haqiqatan ham global muammo. Hamma bu haqida o‘ylaydi, lekin ko‘pchilik uchun o‘lim qo‘rquvi juda intruzivdir. Ba’zi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, har bir mamlakat aholisining taxminan 10% o‘limdan qo‘rqadi.

5. Kanserofobiya — saraton kasalligidan qo‘rqish

Onkologik kasalliklar haqida har kuni, har qadamda gapiriladi. Ushbu kasallik to‘g‘risida muntazam ravishda xabar berish sog‘lom odamda ham fobiya keltirib chiqarishi mumkin. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu qo‘rquv psixologik kasalliklar toifasiga kiradi.

Kanserofoblar o‘zlarini shunchalik aldashlari mumkinki, ular saraton kasallarining alomatlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va boshqa alomalatlarni “menda bor” deb hisoblashadi.

6. Ahluofobiya (nefobiya, skotofobiya, yekluofobiya deb ham ataladi) — zulmatdan qo‘rqish

Nefobiyaga chalinganlar zulmatdan shunchalik qo‘rqqanlarki, ular chiroq yoniq bo‘lganda uxlaydilar, chiroq o‘chirilganida esa har xil narsalarni ko‘rishadi.

7. Kinofobiya — itlardan qo‘rqish

Ushbu hayvondan qo‘rqish, ayniqsa, bolaligida kamida bir marta it hujum qilgan odamlarda namoyon bo‘ladi. Garchi it sizni tishlamasa-da.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kinofobiya juda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, umumiy dunyo aholisi orasida 1,5 dan 3,5% gacha kuzatiladi. Itlardan qo‘rqish asosan (30 yoshgacha bo‘lgan) yoshlarda namoyon bo‘ladi. Tibbiy nazorat va davolanishni talab qiladigan holatlar umumiy holatning 10 foizini tashkil qiladi.

8. Araxnofobiya — o‘rgimchaklardan, muzofobiya — sichqonlardan qo‘rqish

Bu ham zoofobiyaning bir qismi bo‘lgan eng keng tarqalgan qo‘rquv. Ko‘pincha, o‘rgimchak va sichqonlardan qizlar va ayollar erkaklardan ko‘ra ko‘proq qo‘rqadi.

Ba’zi psixologlarning fikriga ko‘ra, ular qo‘rqitmaydi, balki nafratga sabab bo‘ladi. Shu sabab odam vahimaga tushadi, baqira boshlaydi va hatto o‘z yuzini tirnash darajasiga borishi mumkin.

9. Suvdan qo‘rqish va suzishdan qo‘rqish (ablutofobiya)

Dengiz, okean yoki boshqa suv havzasini ko‘rib, hamma ham “suv!” deb hayqirib, suv ostiga sho‘ng‘imaydi. Aksariyat odamlar suzishni bilmagani uchun suvdan qo‘rqadi. Yoki bolalikdan olingan yomon taassurot yoki dahshatli film qo‘rquvni kuchaytiradi.

10. Avtofobiya — yolg‘izlikdan qo‘rqish

Avtofobiya — yolg‘iz  qolish qo‘rquvi. Do‘konlar, kinoteatrlarga borish, kafelar, nonushta, tushlik, suzish, ovqat tayyorlash... ko‘pchilik buni yolg‘iz qila olmaydi, albatta ular ko‘p odamlarga muhtoj.

Avvalo, psixologlar bu tuyg‘uni ma’naviy bo‘shliq bilan bog‘laydi. Ammo shuni ham ta’kidlash joiz, yolg‘iz qolish ba’zan foydali.

Bugungi kunda fobiya kabi yana bir fakt bor, qachonki odamni obsesiya — qo‘rqinchli hayollar ta’qib qilsa, u tez orada qo‘rquvning qurboniga aylanadi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo aholisining taxminan 7 foizi fobik depressiyadan aziyat chekadi. Ayni paytda hech narsadan qo‘rqmaydigan odamni topish qiyin.

 

Shahnoza Holiqova tayyorladi

1 Izoh

Rosy

12:17 / 27.04.2023

Introvertlar ham Avtofob bolishi mumkinmi

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

16:24 / 26.05.2023 0 177
Daosizm

Qomus

16:09 / 26.05.2023 0 135
Davlat tili

Qomus

15:53 / 26.05.2023 0 127
Davlat gimni

Qomus

15:43 / 26.05.2023 0 94
Davlat gerbi

Qomus

15:35 / 26.05.2023 0 68
Davlat bayrogʻi

Qomus

14:41 / 26.05.2023 0 67
Giyohvandlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:36 / 07.12.2021 103 178529
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:05 / 02.12.2021 50 80365
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:57 / 29.12.2021 3 7448
Kompetentlik

Qomus

10:58 / 28.12.2021 4 7078
Manqurt(lik)

Bilasizmi?

11:46 / 11.10.2021 1 4855
Kashtachilik san’ati tarixi haqida bilasizmi?

Bilasizmi?

11:54 / 08.11.2021 1 4025
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya

Hikmat

10:22 / 21.10.2021 0 3874
Til – dil kaliti